“Puling bo’lsa changalda sho’rva”

707
0

000

Nafaqat viloyatlar, balki poytaxt Toshkentni ham qamrab olgan surunkali benzin taqchilligi O’zbekistonda xizmat ko’rsatishni yangi turini paydo qildi.

Bu xizmat shundan iborat, agar siz avtomobillarga yoqilg’i quyish shahobchalarida (AYoQSh) asabni buzuvchi va ko’p vaqtni talab qiluvchi navbatda turmay benzin olishni xohlasangiz, sizga telefon raqamini berishadi, bu raqamga qo’ng’iroq qilib shaharni istalgan nuqtasiga 20 litrdan 60 litrgacha bo’lgan benzin olib kelib berishni buyurishingiz mumkin, ammo rasmiy narxi bir litriga 1650 so’m bo’lgan benzinni 2500-3000 so’mdan olib kelib berishadi. Bunga qo’shimcha, olib kelib beruvchini transport chiqimini ham qo’shib to’lashingiz kerak bo’ladi. Bu qo’shimcha xizmat haqqi buyurtma beruvchini uzoq yoki yaqinda joylashganiga qarab belgilanadi, ammo 15 ming so’mdan kam emas.

Biroq, O’zbekistondagi aksar xususiy transport egalari bunday “xizmatdan” foydalanish imkoniga ega emaslar. Chunki shundoq ham iqtisodiy qiyinchilik holatida, ro’zg’or tebratish uchun pul topishi muammo bo’lib turgan bir paytda buncha pul oddiy odamlar uchun katta xisoblanadi. Shuning uchun ham ko’pchilik o’z shaxsiy avtomobilini uyida qoldirib, jamoat transportidan foydalanishga majbur bo’lmoqda.

Agar sizni o’z mashinangizdan foydalangiz kelib qolsa hamda asabingizga va vaqtingizga achinmasangiz, u holda AYoQSh oldida paydo bo’lgan va bir necha kilometrga cho’zilib ketgan navbat va ur-yiqitda soatlab turishingiz kerak bo’ladi. Shunda ham agar omadingiz chopib sizga navbat etib kelguncha benzin tugab qolmasa, 5 litr benzin olish “baxtiga” muyassar bo’lishingiz mumkin.

O’zbekiston hukumati boshqaruvida turgan, o’z shaxsiy manfaati va hamyoninigina o’ylaydigan rahbarlar va bu tuzum maddohlari esa voqega umuman mos kelmaydigan, “mamlakatimiz 1996 yilda to’liq energetik mustaqillikka va keyinroq g’alla mustaqilligiga erishdi. Bu esa o’z navbatida shu maxsulotlarni chetdan keltirishga sarflanadigan valyuta mablag’larini tejab qolishga imkon berdi. Shu tejab qolingan valyuta mablag’larini ishlab chiqarish quvvatlarini qayta jihozlashga sarflanganligi milliy iqtisodiyotda tuzilmaviy islohotlarni ancha ilgari surish imkonini berdi”,- kabi xisobot va xabarlarni 22 yildan buyon qaytaraverishdan charashmaydi ham.

Oddiy xalq bo’lsa “tosh kelsa kemirib, suv kelsa shimirib” amallab o’z kunini o’zi ko’rib yuraveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.