Tojikiston: saylov natijalari oldindan ma’lum

380
0

00

Tojikistonda 6 noyabr kuniga belgilangan prezidentlik saylovlariga targ’ibot ishlari dushanba kuni nihoyasiga etdi. Davlat rahbari lavozimini egallash uchun olti kishi o’zaro kurash olib borishdi.

6 noyabr Tojikistonda dam olish kuni, mamlakat konstitutsiya qabul qilinganini 19 yilligini nishonlaydi va odatdagidek har safar prezidentlik saylovi shu kuni o’tkaziladi.

Bu nomzodlar ichidan o’zi uchun davlat rahbarligi lavozimini deyarli bir umrga kafolatlab olgan Imomali Rahmonni yana bir bora prezident bo’lib saylanishiga hech qanday shubha yo’q. Imomali Rahmon 1992 yil 19 noyabr kuni Oliy kengashning raisi lavozimiga, 1994 yil 6 noyabr kuni esa respublika prezidentligiga saylangan. Keyinchalik 1999 yil 6 noyabr va 2006 yilning 6 noyabr kuni davlat rahbari lavozimiga qayta saylangan bo’lib, mana qaryib 22 yil mobaynida Tojikistonni boshqarib kelmoqda.

Imomali Rahmon o’z boshqaruvi davrida Tojikistonni siyosiy va iqtisodiy jihatdan o’ta abgor axvolga olib kelib qo’ydi. Rossiya ko’rsatmalariga amal qilgan holda siyosat yurgizib, Islom va musulmonlarga qarshi kurash olib bordi. Yuzlab muxlis musulmonlarni qamoqqa tashladi hamda o’nlabini qiynoqlar ostida o’ldirilishiga sababchi bo’ldi. Islomni jamiyatdagi har qanday ko’rinishiga qarshi ish olib borib, erkaklarga saqol qo’yish va 18 yoshga to’lmaganlarni masjidlarga kiritmaslik to’g’risida qarorlar qabul qildi. Bundan tashqari ishsizlikni yuqoriligi va ish haqini kamligi sababli millionlab tojikistonliklarni qo’shni respublikalarga, xususan Rossiyaga ish izlab chiqib ketishlariga va u erlardan minglab tojikistonliklarni “yuk-200”da o’z vatanlariga qaytib kelishlariga sababchi bo’ldi. Ammo, shuncha bo’lib o’tgan ishlarga va tojik xalqi boshiga qashshoqlikni olib kelganiga qaramay, yangi bo’lib o’tadigan saylovda hech uyalmasdan amalga oshmaydigan va’dalarni berib, odamlarni qo’ynini puch yong’oqqa to’ldirishga harakat qildi.

Imomali Rahmon ilgari surgan saylov dasturiga ko’ra, 2015 yilga borib qashshoqlik darajasini 30 foizga va 2020 yilda esa 20 foizga qisqartirishga, xususiy sektorga e’tbor qaratgan holda mamlakat yalpi ichki maxsulotini 2020 yilga borib 80 foizga oshirishga, ta’lim va tibbiyot tizimini yaxshilash uchun bu sohalarning moliyalashni bir necha barobar ko’tarishga hamda aholi daromadini to’rt barobarga oshirishga va’da qildi. Demak Imomli Rahmon boshqaruvda turgan yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida bajarmagan ishlarini kelgusi etti yillikda “bajarishi” uchun “astoydil” ter to’kishiga to’g’ri keladi.

Bularning barchasi inson tarafidan tuzilgan va xohlagan vaqtda o’zgartirish yoki chetlab o’tish mumkin bo’lgan botil tuzumning mahsulidir.

O’rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning aksari musulmon bo’lganligi va Islom aqidasiga e’tiqod qilganligi sababli prezident, parlament yoki umuman demokratik saylovlarda ishtirok etishni hukmi qanday bo’lishini bilishlik har bir musulmonga farzdir.

Buning uchun biz demokratiya o’zi nimaligini, qanday tashkil topganini, nimaga asoslanishini va uni Islomga mos kelish yoki kelmasligini bilishimiz zarur va biz buni qisqacha sharhlab o’tamiz.

Demokratiya grekcha so’zdan olingan bo’lib xalq boshqaruvi degan ma’noni bildiradi, ya’ni xalq hokimiyat manbai va qonunlar ham xalq xohishiga ko’ra qabul qilinadi. Barcha insonlarni bir erga yig’ishni imkoni yo’qligi sababli xalq o’z nomidan qonun ishlab chiqaruvchi deputatlarni parlamentga saylaydi va deputatlar xalq nomidan qonun ishlab chiqarishadi, bunda ko’pchilikni xohishi va manfaat asosiy vazifani bajaradi. Prezident esa mana shu qonunlarni hayotga tatbiq qilish uchun xalq tomonidan ma’lum muddatga saylanadi. Demak bu qonunlarni barchasi inson tomonidan ishlab chiqiladi va istalgan vaqtda o’zgartirish mumkin bo’ladi.

Islom dinida esa qonunlar faqatgina Kitob, Sunnat, sahobalar ijmosi va qiyosdangina olinib bunda ko’pchilik, manfaat yoki insonlar xohishini hech qanday qiymati bo’lmaydi hamda bu qonunlar Qiyomatga qadar o’zgarmaydi. Xalifa esa ma’lum muddatga emas, balki bir umrga saylanadi.

Bulardan ochiq ko’rinib turiptiki demokratiyani asli asosi Islom diniga tamoman begona bo’lgan hamda musulmon odam uchun unga ergashish va e’tiqod qilish harom bo’lgan botil tuzumdir.

Biz sizni Kitob va Sunnatni mahkam ushlashga da’vat qilamiz. Adiy ibn Umayra Nabiy (sallallohu alayhi va sallam)ning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

Alloh Azza va Jalla xos kishilar qilmishi tufayli ommani azoblamaydi. Toki omma oralarida munkarni ko’rsa va uni qaytarishga qodir bo’la turib, qaytarmasa, ana o’shanda Alloh xos kishilar tufayli ommani azoblaydi”.

Aslida, sizning demokratik saylovlarda ishtirok etishingiz gunoh va ma’siyatga sherik bo’lishingizni anglatadi, Alloh buning uchun sizdan hisob so’raydi. Shu boisdan biz sizni demokratik saylovlarda ishtirok etishni rad etish orqali mana shunday munkarga sherik bo’lishni rad etishga, buning o’rniga, Alloh dinining hukmronligi uchun harakat qilishga da’vat qilamiz. Mana shunda ajri azim bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.