Prezident: Korruptsiya davlat boshqaruvi usuliga aylanib qoldi

444
0

00

4 noyabr kuni bo’lib o’tgan Mudofaa kengashining navbatdagi yig’ilishida prezident Almazbek Atambaev “Qirg’izistonda so’ngi 20 yil mobaynida korruptsiya shunchaki muammo emas, balki davlat boshqaruvi usuliga aylanib qoldi”, – dedi.

Uning so’zlariga ko’ra, bugungi yig’ilishda ko’rib chiqilayotgan loyiha o’n oydan oshiq vaqt mobaynida yaratildi. Korruptsiyaga qarshi kurashni o’nlab variantlari ko’rib chiqildi. “Ochiq aytaman, korruptsiya bilan kurashish uchun echim topaolmayman deb o’ylagan edim. Ammo shuni aytishni xohlaymanki, nima uchun aynan mana shu loyiha samarali. Korruptsiya to’g’risidagi ishlarni eskirish muddatini oshirish zarur”, – dedi Atambaev.

U korruptsiya bilan kurash “o’yinchoq emas”ligini qo’shimcha qildi.

“Biz uchun eng muhimi hammani qamash emas, balki mamlakatda korruptsiya umuman bo’lmasligi uchun tartib o’rnatish va korruptsiyaga qarshi kurashish”, – dedi prezident.

Turkiston:

Korruptsiya muammosi yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish yoki jazo choralarini kuchaytirish bilan xal bo’ladigan muammo emas, balki bu choralar “yirtiqqa yamoq solish” bo’lib, botil tuzum umrini uzaytiradi xolos.

Agar Atambaev haqiqatdan ham bu muammodan qutulishni istasa, bu va boshqa barcha muammolarni asosi bo’lgan buzuq kapitalistik nizomdan tamoman yuz o’girishi lozim. Chunki aynan mana shu tuzum barcha ishlarni moddiy manfaat ustiga barpo etib, o’zi manfaatsiz deb xisoblagan barcha narsadan hech ikkilanmay voz kechadi.

Shuning uchun ham bolangizni bog’cha joylashtirishdan boshlab insitutda o’qitib, o’z mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashgunga qadar faqat pora bilan xal bo’ladi. Pora evaziga o’qishga kirgan va pora evaziga ishga joylashgan kadr qilgan chiqimlarini o’rnini to’ldirish uchun albatta pora oladi.

Bu muammoni xal etishni birdan bir yo’li Islom shariatini hayotga qaytarish hamda odamlar o’rtasidagi aloqalarni manfaat asosida emas, aksincha halol va harom o’lovi bilan yurgizish bilan bo’ladi.

Savbon Nabiy (sallallohu alayhi va sallam”dan bunday deganlarini rivoyati qiladi:

Alloh poraxo’rni ham, pora beruvchini ham, ikkalasi o’rtasida vositachilik qilganni ham la’natladi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.