Atambaev: Jeenbekovning o’zi odamlarni “Qumtor”ga qarshi namoyish o’tkazishga chaqirgan

419
0

000

30 oktyabr kuni to’qqizta davlat elchilaridan ishonch yorlig’ini qabul qilish marosimida prezident Almazbek Atambaev so’zlagan nutqida deputat Ravshan Jeenbekovni Issiqko’l viloyati Saruu qishlog’i fuqarolariga hukumat tomonidan bo’layotgan munosabat haqidagi bayonotini izohlab o’tdi.

“Bugun parlamentda deputat Ravshan Jeenbekov hukumatni Saruu qishlog’i fuqarolariga noqonuniy va noinsoniy munosabatda bo’layotganlikda aybladi. Menga ma’lum bo’lishicha uning o’zi yaqinda shu qishloqda bo’lib qaytgan va mahalliy axolini “Qumtor” korxonasiga qarshi namoyish o’tkazishga chaqirgan. Agar bu deputatni tarjimai holiga qaraydigan bo’lsak, 2003 yilda Qirg’izistonning “Qumtor”dagi 67 foizlik aktsiyasini “Centerra Gold Inc”ni 16 foiziga almashtirish to’g’risidagi qarorda ijobiy xulosalardan birini Jeenbekov rahbar bo’lgan Davlat mulki fondi bergan. Albatta, xujjatda uning o’rinbosarini imzosi turibdi, ammo biz barchamiz bilamizki, birinchi shaxs bilan kelishmay turib o’rinbosar xujjatga qo’l qo’yaolmaydi. Mamlakatni talon-taroj qilgan bu odamlar o’zlari parlamentda o’tirib olib, yoshlarni noqonuniy harakatlarga undashmoqda”,- dedi Atambaev.

Shuningdek Atambaev, Qirg’izistonda bo’layotgan mitinglarga qaramay to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar kiritish xajmi 40 foizga oshganini “chunki investorlar avvalgi hukumat ag’darilgandan so’ng, asosiy muammolar ortda qolganini tushinib etishganini”, qo’shimcha qildi.

“Bugungi mitinglar davlatdan o’g’irlash mumkin bo’lgan avvalgi hukumatni qaytarish umidida mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishga bo’lgan xarakatdir”,- dedi prezident.

Turkiston:

Atambaevni, emotsiyaga beriluvchi siyosatchi deb sifatlanib kelinadi. Bu, siyosatchini zaiflashtiradigan va ko’p xatolarga duch keltirishi mumkin bo’lgan sifatlardan xisoblanadi.

Agar har bir masalaga yuqoridagidek, shaxslarning ilgarigi xatolari bilan pastga urish yo’nalishida yondoshilsa, Qirg’izistonda birorta sog’lom siyosatchi qolmasligi aniq. Chunki xatto shunaqangi nosog’lom siyosatchilarning rahbariyatda bo’lishining o’zi, Atambaevning hokimiyatining zaifligiga dalil bo’ladi.

Atambaev, qumtor masalasi, AQShning Manasdagi bazasi chiqarilib yuborilayotgani sababidan, ba’zi bir siyosatchilarimizni u moddiy qiziqtirib, hukumatga qarshi yo’naltiradi. Bu dunyo siyosatidagi odatiy xol. Lekin bu Qirg’iziston manfa’atlariga teskari yo’naltiriladi. Shuning uchun shu ishlardan o’zlaringizni tiyishga chaqiraman, deya olsa desin. Aks xolda gapirmasligi lozim edi. Chunki uning o’ziga qolsa, agar Rossiyaning bosimi bo’lmaganida, Gansi yana ko’p turar edi. Gansini chiqarib yuborish ortidan Rossiyani Qantdagi aviabazasini kengaytirishdan maqsad nima? Qirg’iziston manfa’atimi? Bundan buyon bu masalalar xali ko’p ko’tariladi.

Qirg’iziston siyosatchilari ichida birorta, Qirg’izistonning sof manfa’atlari asosida fikr yurita oladigani qolmadi. Xizb ut Tahrirdan boshqa albatta. Chunki bunaqangi fikrlash, fikriy poydevorga ya’ni mafkuraga muhtoj bo’ladi. Qirg’izistonda, be’tayinlik mafkurasi hukm suradi. Demokratiya esa, bizni xuddi bo’ynidan boylangan ko’ppak singari, har xil bosimlar va dasturxonlaridan ortib qolgan chiqindilarini berib qarz qilish bilan majburlab keladi. Bunaqangi muhitdan qanaqangi fidoiy kutish mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.