Sudxo’rga doir savolga javob

740
0

10480704-n--n--n---noe-n

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Adi Victorianing sudxo’rga doir savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum! Biz etakchimizni sevamiz. Ruxsatingiz bilan, men sudxo’rlikka aloqador savol bersam.

Sudxo’rlik jinoyatini sodir etgan kimsa jahannamda abadiy qoladimi, yo’qmi?

«Taysir fi usulit tafsir» kitobi, Baqara surasining 275-oyati.

Katta rahmat, ismim Adi Victoria, Indoneziyaning Samarinda shahridanman.

Javob: Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Sudxo’rlik bilan muomala qiladigan kimsa ikki turli bo’ladi:

Birinchisi: sudxo’rlikning haromligiga imon keltiradi, shunga qaramay, sudxo’rlik qiladi. Bu katta osiylikni sodir etgan kimsa bo’lib, bu dunyoda u Xalifalik davlati tarafidan jazolanadi. Agar bu dunyoda shar’iy jazoni olmasa, oxiratda jazoga tortilib, do’zaxga tushadi va modomiki, sudxo’rlikni halol demagan ekan, u erda abadiy qolmaydi. Ya’ni sudxo’rlikni harom deb ishonib, ammo shu osiylikni qilgan bo’lsa, do’zaxda abadiy qolmaydi. Osiy kimsa musulmon holida o’lim topsa, do’zahda abadiy qolmaydi. Chunki Rosululloh r Anas ibn Molik rivoyat qilgan muttafaqun alayh hadisda bunday dedilar:

«يَخْرُجُ مِنَ النَّارِ مَنْ قَالَ: لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ…»

«La ilaha illalloh, degan kishi do’zaxdan chiqadi», ya’ni u erda abadiy qolmaydi.

Ikkinchisi: sudxo’rlikni halol deb biladi va shu ahvolida o’lim topadi, u dinda aniq ma’lum bo’lgan hukmni inkor qilgani sababli kofir hisoblanadi. Chunki, sudxo’rlik Qur’onda subuti ham, dalolati ham qat’iy oyatlar bilan harom qilingan. Shuning uchun kimda-kim sudxo’rlikni halol deb bilsa va shunday o’lib ketsa, kofir bo’lib, do’zaxda abadiy qoladi. Ya’ni sudxo’rlik qilib, uning haromligini inkor etgan kimsa kufrda ketadi va do’zaxda abadiy bo’ladi.

Bunga dalil Baqara surasining 275-oyatidir:

«Sudxo’rlik qilgan kimsalar (qiyomatda) misoli jin chalgan kimsa kabi turishadi. Bunga sabab ularning: «Bay (oldi-sotdi) ham sudxo’rlikning o’zi-ku?» – deyishganidir. Holbuki, Alloh bayni halol, sudxo’rlikni harom qilgan. Bas, kimga Robbidan pand-nasihat etgach (sudxo’rlikdan) to’xtasa, u holda avval o’tgani o’ziga va uning ishi Allohga (havola). Kim (sudxo’rlikka) qaytsa, o’shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolishadi» [Baqara 275]

Ushbu oyatning oxiri

(«Bay ham sudxo’rlikning o’zi-ku?» – degan) kimsalarga jazo sifatida keldi.

Ya’ni ular sudxo’rlikni xuddi savdogarlik kabi halol qilib olib, Alloh Subhanahuning:

(… Alloh bayni halol, sudxo’rlikni harom qilgan…), degan kalomiga kufr keltirishdi.

Agar ularga sudxo’rlikning haromligi, halol emasligi etkazilgan chog’da ular bunga imon keltirib, tavba qilsalar, sudxo’rlik bilan muomala qilishni tark etib, faqat mablag’larini tan narxining o’zi bilan kifoyalansalar, Alloh Subhanahu O’z rahmatu fazli ila ularning o’tgan gunohlanini kechiradi. Agar sudxo’rlik halol, degan fikrlarida qattiq turib olishsa va Alloh Taoloning:

(… Alloh bayni halol, sudxo’rlikni harom qilgan…), degan kalomiga kufr keltirishda davom etib, shu ahvolda o’lim topishsa, ana o’shalar

«jahannam egalaridir va unda abadiy qolishadi» [Baqara 275]

Ushbu shar’iy nususlardan chiqarilgan xulosa quyidagicha:

1 – Kimda-kim sudxo’rlikning haromligiga imon keltirgan holda uni qilsa, u osiy fosiq bo’ladi va musulmon holda vafot etsa do’zaxda abadiy qolmaydi, balki do’zaxda Alloh istaganicha jazolanadi, so’ng Alloh Subhanahuning izni bilan undan chiqadi.

2 – Kimda-kim sudxo’rlikning haromligini inkor etgan holda uni qilsa, ya’ni uni halol qilib olib, shu ahvolda o’lim topsa, u kofir holida o’lgan bo’ladi va jahannamda abadiy qoladi.

Alloh Subhanahu bizni Alloh harom qilgan narsalarni harom, halol qilgan narsalarni halol deb biladigan, shar’iy ahkomlarga to’g’ri rioya qiladigan sodiq mo’minlardan qilsin, Alloh bu dunyoda ana o’shalarni Islom bilan aziz qilib, ularga dushmanlari ustidan nusrat beradi, ularni oxiratda ham Islom bilan aziz qilib, O’zining jannatlariga kirgizadi va payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar, solihlar bilan birga qiladi, ular naqadar yaxshi hamrohlardir!

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

28 sha’bon 1434h 7 iyul 2013m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.