482
0

y_43cace43

Qozog’iston tog’utlari bir muslima ayolni Allohning sharia’ti bilan xukm yuritilishini talab qilganligi uchun besh yilga qamoqqa xukm qildilar. Xizbut taxrirning markaziy matbuot bo’limi 2013\08\22 sanada “Qozog’iston xukumati bir muslima ayolni xaddidan oshib ketganlikda aybladi va o’z erini ximoya qilganligi uchun jazoladi” sarlavxasi ostida matbuot bayoni berdi. U erda Natalya Voytenko xaqida gap ketadi. U uch bolaning onasi bo’lib, eri Rafis Galiulin esa Qozog’istondagi xizbut taxrir a’zolaridan biridir. Qozog’istondagi Ostona shaxar sud maxkamasi melodiy 2013\07\22 sanada “e’tiqodda mustaxkam bo’lishga da’vat etuvchi nashralarni tarqatishda” ayblab, Qozog’iston jinoiy qonunining ikkinchi bo’limini 233 moddasiga binoan o’z yashab turgan uyida qamoqqa olish xaqida xukm chiqardi. (KazTAG) da’vosiga ko’ra ana shu maxkamaning aynan o’zi melodiy 2013\10\12 shanba kuni Natalya singlimizni besh yil muddatga ozodlikdan maxrum qilish xaqida xukm chiqardi. Xukm muddatini Qozog’iston jinoiy qonunining 2 bo’limining “terroristlikni rivojlantirish, xaddidan oshishlik yoki terroristik ishlarni amalga oshirish uchun da’vat” deb nomlangan 233-1 moddasiga binoan axloq tuzatish xibsxonasida o’tashga xukm chiqardi, aslida esa bu ish, o’z turmush o’rtog’ini o’zi e’tiqod qilgan fikrlarga da’vat qilganligi uchun etti yilga ozodlikdan maxrum qilish xaqida, zolimlarni chiqargan xukmini ommaga xitob qilib yoyganligi uchun bo’ldi.

Voytenkova Natalya Valerevnani 2 qism 233-1 moddasi ( terrorizga yoki ekstremizmga da’vat, yoki terrorizmni amalga oshirish uchun ommaviy da’vat)ga binoan aybdor deb topish va besh yilga ozodlikdan maxrum qilish, va jazoni umumiy axloq tuzatish kalonnasida o’tashligi xaqida Sariarkinsk rayonini № 2 sud maxkamasining sudyasi Galina Bilkilova Kaz TAGga xabar berdi.

Natalya va uni turmush o’rtog’ini ta’qib ostiga olishlik ancha ilgari, ya’ni turmush o’rtog’i Rafiz Galiulinni melodiy 2010 yilda xizbut taxrirga mansublikda ayblab, etti yilga ozodlikdan maxrum qilishlikga xukm chiqarilgan vaqtdan boshlangan edi. Xukmni oqlovchi bahonalar, Natalyani o’z turmush o’rtog’i Rafiz Galiulinni melodiy 2010 yili xizbut taxrirga mansublikda ayblab, etti yilga ozodlikdan maxrum qilishlik xaqidagi sudyaning chiqargan xukmidan shikoyat qilib, ommaga yoyganligi ko’rsatilmoqda.

Rafiz Qozog’istondagi ommaga etkazish uchun ovoz yozish apparati orqali qamoqxona ichkarisidan yashirincha ma’lumotlar chiqargan edi. Unda qamoqxona raxbariyatini qo’l ostilaridagi maxbuslarga ayniqsa musulmonlarga qilayotgan muomalalarini vaxshiy yo’llarini gapirib bergan edi: ya’ni azoblash uslublari, maxbuslarni qattiq qiynash, ularni haqoratlash, islomiy farzlarni bajarishdan va Allohga yaqin bo’lish uchun toat va ibodatlarni bajarishni ta’qiqlash bilan tazyiq o’tkazilayotgani xaqida gapirib bergan edi. Zolimlar Rafizni qamoqqa olganlaridan keyin, Natalyani ta’qib ostiga ola boshladilar, u faqatgina o’z turmush o’rtog’idan zulmni to’xtatilishiga xarakat qilgan edi, Zolimlar tarafidan turmush o’rtog’iga tushayotgan ta’qiblar va zulmlarni va yolg’on dalillar bilan uni ziddiga xukm chiqarganliklarini insonlarga ochiqlab berdi va jamoatchilikka xitob qildi. Melodiy 2013 yilning yozida Natalyaning turmush o’rtog’iga qarshi zolimlarning xukmi ochildi va Natalyani xam quvg’in ostiga ola boshladilar, melodiy 2013 yilning iyul oyida unga nisbatan qamoqqa olish xaqida xukmi chiqdi. Oktyabr oyining 7-da sud majlisida gumondor deb topildi, -lekin odatda doim shunday bo’ladi-, ish melodiy sananing 2013\10\12 shanba kuniga qoldirildi. So’ngra esa zudlik bilan sud majlisi chaqirildi va Natalyaning ustidan besh yilga ozodlikdan maxrum qilish xaqida xukm chiqarildi. Mahkama zalida shartlar ko’rsatilgan bandlarga ko’ra, zulmat (zulm) sodir etildi, chunki ular bu zulmkor amali bilan uchta norasida bolani ota-onasiz va qarovchisiz qoldirishdi.

Natalyaning qamoqqa olinishi faqatgina o’z turmush o’rtog’ini himoya qilganligi uchungina va uni ozodlikka chiqarilishini talab qilganligi uchun bo’ldi. Chunki u xaqiqatni gapirdi, va eri va o’z oilasi ustiga tushgan zulmni qurilgan asosini ochib tashladi. Albatta xaq so’zni Natalya zolim xokimni xuzurida gapira oldi va o’z e’tiqodida mustaxkam turuvchilardan bo’ldi!

Qozog’istondagi sud nizomi buzuq nizom bo’lib, davlat raisi Nazarboevning ta’siri ostidadir, suddagi vositachilik oddiy narsaga aylanib qolgan, va unga ko’ra sud masalalaridagi muomalalar olib boriladi. Bu ishlar pora olish-berish va o’rtamkashlik kabi iflos ishlarga aylandi. Bu narsalar sud nizomidagi oddiy, tabiiy ishlarga aylanib qoldi. Biron bir shaxs bu ishlarni xaqiqatini anglab etib, ochiqchasiga gapirsa, va buzuqlikni tuzatishni talab qilsa, qonun apparatidagi va muassasalaridagi sotib olish buzuqliklari xaqida insonlarga gapirsa, xokim raxbarlar ularni ta’qib va quvg’in ostiga oladilar, agar bu shaxs musulmon bo’lsa, unga oddiygina terroristik yoki xaddidan oshish aybi qo’yiladi va qamoqqa tashlanadi. Qozog’istondagi xokimyat xalqlar o’rtasiga yomonlik urug’ini ekmoqda, buzuqlik va razolatni yoymoqda, insonni rostgo’y va oliyjanob bo’lishdan to’smoqda.

Natalya singlimiz bu buzuq sudyalardan qo’rqmadi, balki maxkama oldida jur’at bilan o’z oilasini ximoya qilganligi uchun, xokimyatning zulmi va qilayotgan jinoyatlari xaqida ochiq oydin gapirganligi uchun, aybdor emasligini gapira oldi. [ulardan Aziz va Xamid bo’lgan Allohga iymon keltirganlarnigina gunohkor deb topadilar]. Abu Hurayradan rivoyat qilingan xadisda Rosululloh S.A.V. dedilar: ”Kimki mening do’stim bilan dushmanlikka kirishsa, men unga qarshi urush e’lon qilaman” [Buxoriy rivoyati] Xizbut taxrirning markaziy matbuot bo’limi. 18/10/2013

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.