Moskvada Musulmonlar masjidlarga sig’mayapti

75
0

sfds_3943

 

Parij, London va Berlinda musulmonlar ko’paygani o’ziga xos o’zgarishlarga sabab bo’lganligi sir emas. Bugunga kelib Moskvada ham musulmonlar soni keskin ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bu jarayon musulmonlarni bir joyga jamlab beradigan islomiy bayramlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Kecha o’tgan Iydul Adha bayramida qurbon hayiti namozini ado qilish uchun o’n minglab odamlar chiqdi, masjidlarda joy etmagani sababli odamlar ko’chada asfaltga joynamoz solib, hayit namozini o’qishdi. O’tgan yili yomg’ir va qor ostida namoz o’qilgan edi.

Shahar bo’ylab to’rtta masjid bor xolos. Musulmonlar soni har qancha ortmasin, davlatning yangi masjid qurish niyati yo’q. Moskva meri Sergey Sobyanin biror yangi masjid qurilmaydi deya jar solmoqda. Sobyaninning aytishicha, Namoz o’qiydiganlarning deyarli hammasi kelgindilar va ular baribir vataniga ketadi. Yaqinda rus matbuotiga intervyu bergan Sobyanin “Moskva aholisining atigi 10 foizi musulmonlar va ular uchun masjid barpo etishga hojat yo’q”, deya bildirdi.

Taxminlarga ko’ra, Moskvada ikki million musulmon bor. Bu shahar Yevropada musulmonlar soni jihatidan birinchi o’rinda turadi. Mutaxassislarning fikricha, Rossiya poytaxtida diniy va demografik manzara kun sayin yangilanib boryapti.

Biroq jamoatchilik orasida bu ko’rinishga qarshilar ham yo’q emas. Ukrainadan Moskvaga kelib yashayotgan Isolda Kukushkina o’zining slavyan ekanini aytadi. U Cherkoviga ketayotib, ko’cha to’la musulmonlarga ko’zi tushib, dahshatda. “Nahotki, Moskva kelajagi shu bo’lsa”,- deya xavotirlanadi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.