Moskva politsiyasi ko’ngillilar bilan birga juma kunlari kuchaytirilgan navbatchilik qiladi

89
0

загруженное

 

Moskva politsiyasi ko’ngillilar va xususiy qo’riqlash tizilmalari bilan hamkorlikda noqonuniy faoliyat va jinoyatchilikni oldini olish uchun juma kunlari qo’shimcha reydlar o’tkazishi hamda kuchaytirilgan navbatchilik qilishlari zarur. Politsiyachilar noqonuniy mexnat muhojirlari turishi mumkin bo’lgan joylarni tekshiradi, o’g’rilik va bosqinchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga xarakat qilishadi. Bu haqda Moskva viloyati IIV Bosh boshqarmasining boshlig’i Anatoliy Yakunin meriyada bo’lib o’tgan yig’ilishda aytdi.

“Juma kunlari shaharda “Signal” shartli nom ostida tezkor-proflaktik chora-tadbirlar o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu tadbirga IIV Bosh boshqarmasining barcha tarkibi; hududiy bo’linmalardagi ichki ishlar boshqarmasini barcha xodimlari, ko’ngilli xalq drujinachilari, xususiy qo’riqlash tashkilotlari va boshqa huquqni muxofaza qilish sohasidagi jamoatchilik tashkilotlari jalb qilinadi”,- dedi Yakunin.

Uning so’zlariga ko’ra, bu tekshirishlar vaqtida shahar ko’chalarida odatdagidan ko’ra ko’proq politsiyachilar bo’ladi, migrantlar yashashi mumkin bo’lgan xonadonlar tekshiriladi.

U shuningdek yil oxiriga qadar shahardagi barcha noqonuniy ijaraga berilgan xonadonlar aniqlanishi zarurligini ta’kidlab o’tdi.

“Kecha biz dushanbadan boshlab yil oxiriga qadar, “Uchastka noziri – har bir xonadonga” amliyotini o’tkazishlik to’g’risida qaror qabul qildik. Qonunchilikni buzib ijaraga berilgan xonadonlar aniqlanadi. Menga barcha mahalliy boshqarma boshliqlari bergan xisobotga ko’ra, bu amaliyotni yakunlash uchun kerak bo’ladigan eng uzoq muddat – uch oy. Ishlarni yil oxiriga qadar davom ettiramiz, barcha yashash joylarini tekshiruvdan o’tkazamiz”,- dedi poytaxt politsiyasi boshlig’i.

O’z navbatida Moskva meri, bugungi kunda shahar bo’yicha 130 mingga yaqin xonadon noqonuniy ijaraga berilayotganini aytib o’tdi.

Turkiston: Rossiya hukumati o’zining amalga oshirayotgan bu ishlarini mexnat muhojirligini tartibga solish bilan oqlayotgan bo’lsada, ammo bundan asosiy maqsadi o’z jamiyati ichida musulmonlar ko’payib ketishini oldini olishdir.

Shuning uchun ham bunday reydlarni o’tkazishni aynan juma kuni, musulmonlar uchun muborak kun bo’lgan hajjul masokin kunida kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Xudosiz kommunistlar tarbiyasini olgan, dinga va ayniqsa Islomga nisbatan adovati kuchli bo’lgan Putin boshchiligidagi Rossiya hukumati Islom diniga qarshi oshkora kurashni boshladi. Islom dinini jamiyatda yoyilishiga yo’l qo’ymaslik va boshqa odamlarni qalbiga qo’rquv solish uchun o’zining tabiatiga mos ravishda “ayiqcha siyosat” yurgizib, da’vatni ko’tarib chiqayotganlarni jismonan yo’q qilish yo’liga ham o’tdi. Bunga eng oddiy dalil yaqindagina kuch organlari tomonidan otib o’ldirilgan Gappaev Abdullohdir.

Agar rus hukumati haqiqatdan ham mexnat muhojirligini tartibga solishni xohlaganda migrantlarga ishlash uchun ruxsat olish, ro’yxatdan o’tish hamda ularning xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratar edi. Chunki asosan O’rta Osiyo respublikalaridan borayotgan mexnat muhojirlari, mahalliy aholi hech qachon bunday haq evaziga qilmaydigan eng qora ishlarni bajarishadi. Agar mana shu migrantlar bo’lmasa Rossiya o’z axlatini yig’ishtirib olishga ham qodir bo’laolmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.