Sobiq muftiy zolimlar qo’lidagi arzon qo’g’irchoq U musulmonlarni xavorijlar degan yolg’on va bo’hton sifat bilan sifatlab ularni qirg’in qilishni zolimlarga oqlab bermoqda!!

402
0

01

 

Matbuot bayonoti

«Ularning og’izlaridan chiqqan so’z juda og’ir so’z, ular faqat yolg’on so’zlashadi» Sobiq muftiy zolimlar qo’lidagi arzon qo’g’irchoq U musulmonlarni xavorijlar degan yolg’on va bo’hton sifat bilan sifatlab ularni qirg’in qilishni zolimlarga oqlab bermoqda!!

Rosululloh A bunday dedilar:

«إنَّ اللَّهَ لَا يَقْبِضُ الْعِلْمَ انْتِزَاعًا يَنْتَزِعُهُ مِنَ الْعِبَادِ وَلَكِنْ يَقْبِضُ الْعِلْمَ بِقَبْضِ الْعُلَمَاءِ، حَتَّى إِذَا لَمْ يُبْقِ عَالِمًا اتَّخَذَ النَّاسُ رُءُوسًا جُهَّالًا فَسُئِلُوا فَأَفْتَوْا بِغَيْرِ عِلْمٍ فَضَلُّوا وَأَضَلُّوا»

«Alloh ilmni insonlardan birdaniga tortib olmaydi. Biroq ilmni ulamolarni ushlash orqali ushlaydi. Oqibatda birorta ham olim qolmay, odamlar savodsiz kimsalarni boshliq qilib olishadi­da, bu boshliqlar savol berilsa, savodsizlarcha fatvo berishib, o’zlari ham adashishadi, odamlarni ham adashtirishadi» (Imom Buxoriy rivoyati). Misrning sobiq muftiysi Ali Juma ham shunday ahvolda. U saroy muftiysi lavozimidan ketganiga qaramay, avvalgi qilgan gunohlariga yana gunohlar qo’shib, saroydagilarga hamon fatvo chiqarib bermoqda. U to’kish harom qilingan qonlarni to’kishga fatvo berishdan qo’rqmayapti, hatto buning uchun nususlardan yuz o’girib, ularni o’z voqeidan boshqa narsalarga tushirib bo’lsa ham shunday qilyapti. Aftidan, u o’zining gunohlarini ham, uning fatvosi bilan odamlar qonini zulm va adovat bilan to’kkan kimsalar gunohini ham ko’tarishdan tap tortmaydigan ko’rinadi.

Ayrim faollar uning Misr armiyasi va politsiyasi qo’mondonlarining general Sisiy va ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohim qatnashgan yig’inida so’zlagan nutqining videosini internetga joylaganlar, u o’z nutqida shunday deydi: «To’plangan odamlarga qarata o’t oching! Bunday xavorijlar sababli o’zingiz va askarlaringizning qurbon bo’lishidan saqlaning. Bunday xavorijlarni o’ldirgan va ular tomonidan o’ldirilgan kishiga Tubo jannati bo’lsin, chunki kim ularni o’ldirsa, Allohga ulardan ko’ra yaqinroq bo’ladi, balki biz shahrimiz va Misrimizni bunday qalang’i-qasang’ilardan tozalamog’imiz vojib, chunki ular misrlik bo’lishga haqlari yo’q, biz ulardan or qilamiz va xuddi bo’ri Yusuf Kning qonidan pok bo’lgani kabi, biz ham ulardan pokmiz». Namoyishga chiqqanlar nega bunchalik ko’p miqdorda qirg’in qilinganini – Islom bilan yashashni istagan va zolimlarga qarshi chiqqan har bir kishiga nisbatan gina-adovatga to’la va hech javobgarliksiz aytilgan – mana shu gapdan tushunib olamiz. Chunki Ali Juma ushbu munkar fatvosi bilan armiya va ofitserlar sodir etgan va hamon sodir etayotgan qirg’inlari uchun «yashil chiroq»ni yoqib berdi. Bu muftiy Muborakka qarshi chiqqan 25 yanvar qo’zg’olonchilarini ham xuddi shu ayblov bilan ayblagan edi.

Qurolli kuchlarning ma’naviy ishlar qismi namoyishchilarning qirg’in qilinganini oqlash va unga qonuniy tus berish uchun oldin ham shu kimsadan foydalangan edi. Yuqoridagi video uning avvalgi gaplarining davomi bo’lib, u allaqachon o’z dinini dunyoning arzimas matosiga sotib almashtirib bo’lgan. U o’zining qirg’in qilish, tozalash va yoqishni qo’llab-quvvatlash haqidagi tushlarning mutavotirligi, Alloh shularni sodir etganlar tarafida, degan da’vosi bilan Allohga tuhmat qildi. U «to’plangan odamlarga qarata o’t oching», deya askarlarni gijgijlashi, bu «Islomning buyukligi», «Islomning quvvati», «Islomning halovati» kabi yolg’on va bo’hton da’volari bilan o’zidagi qolgan-qutgan tafakkurni ham yo’qotib bo’ldi!! Said ibn Musayyab ] bunday deydi: «Olimning amirlarga qatnayotganini ko’rsangiz, bilingki u o’g’ridir». Yahyo ibn Muoz bunday deydi: «Ilm va hikmat bilan dunyo talab qilinadigan bo’lsa ularning jilosi ketadi». Nahotki, bu muftiy Suriya va boshqa erlarda o’z xalqlariga qarshi zolimlar qo’lida qurol bo’lgan o’zidan oldingi kimsalardan ibrat olmagan bo’lsa?! Ularning yo’q bo’lib ketganiga hech kim ularga afsuslanmadi, eru osmon ham ularga aza tutib yig’lamadi, tavba-tazarru qilishlari uchun ularga muhlat ham berilmadi.

Rabboniy ulamolar – bu kimsa ulardan emas, albatta – har bir asr, har bir yurtda Ummat va hokimga nisbatan bir xil masofada turmaganlar, balki doim Ummat bilan bir safda bo’lganlar. Ular buni ommani rozi qilish yo ularning nafs-havolarini ixtiyor qilish uchun qilmaganlar. Balki bunga sabab ko’p hollarda Ummatning huquqi poymol qilingan, hurmatlari toptalgan va haddidan oshgan har qanday hukmron xalifaning zulm nayzalari ularga qaratilgan. Shunday ekan, Misrning Islomni mutlaqo tatbiq etmayotgan hokimlariga nisbatan qanday munosabatda bo’lish mumkin!!

Ummatning ulamolarga talpinishlari tabiiy hol. Chunki ulamolar Ummatga yordam beradigan va ularning haq-huquqlarini talab qiladigan to’g’ri yo’lni tutuvchi etakchilardir, zolimlar qo’lidagi ularning Ummatga zulm qilib, uni qirishlarini oqlovchi arzon qurollari emas!! Bas, bu kimsaga Allohning la’nati bo’lsin, qanday adashmoqda-ya!! |

«Havoyi nafsini o’ziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holda yo’ldan ozdirib, quloq va qalbini muhrlab, ko’z oldiga parda tortib qo’ygan kimsani ko’rganmisiz? bas, uni Alloh (yo’ldan ozdirgani)dan so’ng kim hidoyat qila olardi?! Axir, eslatma-ibrat olmaysizmi?!» [Josiya 23]

Sharif Zoyid

Hizbut Tahrirning Misrdagi matbuot bo’limi raisi

Adres: Jalo ko’chasi 31 – Qohira Telefon: 01015119857 – 0227738076

Elektron pochta: hizb.ut.tahrir.eg@gmail.com

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.