Qozog’iston tog’uti muslima ayolni Allohning shariati bilan yashashni talab qilgani uchun besh yilga qamadi

68
0

01

 

2013 yil 22 avgustda Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi «Qozog’iston hukumati bir muslimaga ekstremist ayblovini yuklab, erini himoya qilgani uchun jazoga tortmoqda!» nomli matbuot bayonoti chiqargan edi. Unda uch farzandning onasi, Hizbut Tahrir a’zosi Raviz Galiulinning rafiqasi Natalya Foitkova haqida so’z yuritib, bu ayolga qozoq hukumati tarafidan Qozog’iston jinoyat kodeksining 233-modda 2-bandiga binoan «ekstremizmga targ’ib qiluvchi varaqalar tarqatish» ayblovi qo’yilgani haqida xabar qilingan edi. «Kaztag» agentligiga ko’ra, bugun 2013 yil 12oktyabrda singlimiz Natalya Qozog’iston jinoyat kodeksining 233-modda, 1-bandiga binoan «terrorizm yoki ekstremizmga targ’ib qilish yoki terroristik amaliyot sodir etishga ochiq da’vat qilish» ayblovi bilan 5 yil muddatga axloq tuzatish koloniyasiga hukm qilindi. U erining o’zi qabul qilgan va da’vat qilgan fikrlari uchun uzoq muddatli qamoqqa hukm qilgan sud qarori haqida jamoatchilik fikriga murojaat qilgani uchun shunday jazo oldi.

Ostona shahridagi 2-raqamli mahkama sudyasi Galina Belovaning aytishicha, singlimiz va uning erining ta’qib ostiga olinishlari Ravizning ancha oldin, 2010 yili Hizbut Tahrirga a’zolikda ayblanib, 7 yillik qamoqqa hukm qilingan paytidan boshlangan.

Natalyaga o’qilgan hukmning dastaklanishicha, singlimiz erining Hizbut Tahrirga a’zolik uchun 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilinganidan shikoyat qilib, afkori ommaga xitob qilingan varaqalarni tarqatgan. Darhaqiqat, Raviz qamoqxona ichkarisidan audiotasma orqali xitob qilib, unda Qozog’iston afkori ommasini qamoqxona ma’muriyati xususan musulmon mahbuslarga nisbatan yomon munosabatda bo’layotganiga e’tibor qaratgan va Allohning farzlarini ham, Unga yaqin qiluvchi sunnatlarini ham ado qilishdan to’sish uchun qo’llangan qiynoqlar, azob-uqubatlar, tahqirlash uslublarini ochib bergan edi. Xavfsizlik xizmati mana shunday adolatsiz, zolimona hukm ortidan Natalyani ham eridan shu zulmni olib tashlanishiga urinib, tog’ut rejimlar tarafidan yolg’on soxta dalillar bilan zolimona hukm chiqarilayotganiga afkora omma diqqatini qaratgani uchungina ta’qib ostiga olishni boshladi.

Joriy yilning yoz faslida qozoq rejimi Natalyaga qarshi «ish» ochib, uni ta’qib ostiga oldi. Iyul oyida uni uy qamog’iga hukm qildi. 7 oktyabrda sud qilinishi belgilangandi, biroq har safargidek, u 12 oktyabrga kechiktirilib, so’ng tezda va diqqatni jalb qiladigan tarzda sud qilindi va Natalyani besh yilga ozodlikdan mahrum qilish to’g’risida hukm chiqarildi. Bu zolimlar shunday zulm bilan ayolning besh farzandini ota-onasiz va boquvchisiz qoldirish maqsadida Natalyani sud zalida olib qolishdi.

Natalya erini himoya qilgani va ozod etilishini talab qilgani uchungina qamaldi. Chunki u eriga va oilasiga nisbatan qo’llangan adolatsizlikni baralla aytib, haq so’zni aytgandi, xolos. Shubhasiz, bu ayol zolim hokim oldida aytgan haq so’z ekstremistlik bo’ldi!

Qozog’istondagi sud tizimi korruptsiya botqog’iga botgan bo’lib, prezident Nursulton Nazarboev ta’siri ostidan chiqolmaydi, bu tizimda tanish-bilishchilik oddiy hol bo’lib qolgan va sud ishlari shu asosda bo’ladi. Poraxo’rlik va tanish-bilishchilik kabi bunday iflos ishlar sud tizimida oddiy va tabiiy ish bo’lib qolgan. Biror kishi bu ahvolni tushunib etib, haq so’zni aytsa, korruptsiyani isloh qilishni talab qilsa va rejim organlarida keng yoyilgan bunday illat haqida odamlarga aytsa, hukmron rejim uni ta’qib va tazyiq ostiga olishni boshlaydi. Agar bu kishi musulmon bo’lsa bormi, unga osongina ekstremist va terrorist degan ayblov qo’yilib, qamoqqa tiqiladi. Bu rejim xalq orasiga yovuzlik urug’ini ekyapti, korruptsiya va hayosizlikni keng tarqatyapti, shaxsning rostgo’y yo xolis niyatli bo’lishiga yo’l qo’ymayapti.

Singlimiz Natalya bu korruptsiyachilardan qo’rqmadi, balki o’z oilasini himoya qilgani, hukumatning zulm va munkar ishlar sodir etayotganini ochiq aytgani uchun o’zini aybdor deb hisoblamasligini sudda jur’at bilan ochiq aytdi.

«Ular (mo’minlardan) faqat qudrat va maqtov egasi bo’lgan Allohga imon keltirganlari uchungina o’ch oldilar!» [Buruj 8]

Abu Hurayra t Rosululloh rdan rivoyat qiladi:

«إِنَّ اللَّهَ قَالَ: مَنْ عَادَى لِي وَلِيًّا فَقَدْ آذَنْتُهُ بِالْحَرْبِ…»

«Albatta, Alloh bunday dedi: Kimda-kim Mening biror do’stimga adovat qilsa, Men unga urush e’lon qilaman…» (Imom Buxoriy rivoyati).

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.