434
0

pic_1358318433

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinshning taklifiga binoan 2013 yil 16-17 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan Latviyada bo’ladi.

Uchrashuvlar va muzokaralar chog’ida Latviya rahbariyati bilan O’zbekiston va Latviya o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama etiladi.

Tashrif yakunlari bo’yicha davlat rahbarlarining Qo’shma bayonotini qabul qilish, siyosiy, savdo-investitsiya, transport-kommunikatsiya sohalari va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilmoqda.

Turkiston: Latviya 2004 yilning 29 martida NATOga a’zo bo’lgan bo’lsa, 2004 yilning 1 mayidan e’tboran esa Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirgan.

Yevropa ittifoqi 2005 yil 13 may Andijon qirg’inidan so’ng O’zbekistonga qarshi bir qator xech qanday ta’sirga ega bo’lmagan jazo choralarini joriy etgan edi. Ular qatorida, O’zbekistonga qurol sotmaslik hamda Karimov va bir qator o’zbek mulozimlarini Yevroittifoq hududiga kiritmaslik kabi ramziy choralar ham bor edi. YeI bu jazo choralari bekor qilinishi uchun Karimov hukumatidan Andijon qirg’inini tekshirish uchun xalqaro nazoratchilarni kiritish va inson huquqlari bo’yicha vaziyatni yaxshilash shartlarini qo’yishgan edi.

Biroq, O’zbekiston hukumati bu jazo choralariga e’tibor bermay o’zining avvalgi zulmlarini yanada qattiqroq kuchaytirdi. Shunga qaramay barcha ishlarini moddiy manfaat ustiga quradigan kapitalistik tuzum namoyondalari bo’lmish G’arb davlatlari bunday jazo choralarini xech qancha vaqt o’tmay bekor qilishdi.

Bundan tashqari 2014 yil yaqinlashgani sari, ya’ni Afg’oniston zaminidan bosqinchi kuchlarni olib chiqish boshlanishi arafasida Yevropa davlatlarining rasmiy vakillari bo’zchini mokkisidek O’zbekistonga serqatnov bo’lib qolishdi va xatto o’zlarining Afg’onistondagi qurol-aslahalarini O’zbekistonga tranzit evaziga tashlab ketishga ham rozi bo’lishdi.

 Demokratik qadiriyatlar va inson huquqlari degan bahonalar G’arb davlatlari uchun uchunchi olam davlatlariga o’z so’zlarini o’tkazish uchun bosim vositalari xolos. Agar bunday “qadriyatlar” o’zlarining manfaatlariga zid kelib qolgudek bo’lsa yoki bundan afzallroq boshqa manfaat ko’rinib qolsa, xech ikkilanmay bularning barchasidan ko’z yumishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.