Qirimda inson huquqlariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi

484
0

11_main

 

Ukrainada tashkil qilingan “xalqaro inson huquqlari yig’ilishi”da O’rta Osiyo va Kavkazdagi musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan zulmlar haqida so’z yuritildi.

Ruslan Ablayamatov raislik qilgan ig’ilishda Rossiya va O’rta Osiyoda faoliyat olib borayotgan inson huquqlari tashkilotlarining vakillari qatnashdi.

Rossiya va Ukrainaga qarashli juda ko’p axborot agentliklari ishtirok etgan bu yig’ilishda musulmonlarga nisbatan qo’llanilaniyotgan bosqinlar, qochqinlar muammosi, Rossiya va O’rta Osiyo respublikalaridagi totalitar rejimlarning inson huquqlarini poymol etishlari haqida so’z yuritildi. Shuningdek ayni davlatlarning musulmonlarga, islomiy jamoalarga, xususan Hizb-ut Tahrirga nisbatan amalga oshirgan noqonuniy huquqbuzarliklari yoritildi.

Rossiya “Memorial” inson huquqlari tashkilotining Markaziy Osiyo dasturlari rahbari Vitaliy Ponamaryov Rossiyada islomiy harakatlar, hatto eng kichik diniy faoliyatlar ham bosim ostida ekanligini haqida gapirdi. Ponamaryov Rossiyada Hizb-ut Tahrir uyushmasiga alohida e’tibor qaratilib, noqonuniy ravishda bosim ostiga olinganligini urg’ular ekan buning sababi Rossiya hokimiyati Hizb-ut Tahrir uyushmasini o’zi uchun katta tahdid sifatida ko’rishi ekanligini ta’kidladi.

Qirg’izistonlik inson huquqlari faoli Ravshan Gapirov ham Qirg’iz hukumati tomonidan qirg’izistondagi musulmonlarga nisbatan qo’llanayotgan huquqbuzarliklar, jumladan Hizb-ut Tahrir a’zolariga nisbatan amalga oshirilayotgan tazyiqlar, qamoqqa olishlar haqida so’z yuritdi.

Islom va musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan zulmlar haqida o’z hayotidan misol keltirgan Hizb-ut Tahrir a’zosi Vitaliy Ryadinskiy musulmon bo’lganidan keyin boshidan kechirganlarini, 7 yil Rossiya qamoqxonasida yotib, so’ngra Ukrainadan boshpana izlashga majbur bo’lganligi haqida gapirdi.

Yig’ilishni Qirim madaniyat rahbarligi qoshidagi din ishlari vakillari, Qirim milliy majlisi va bir qancha inson huquqlari tashkilotlari yaqindan kuzatib bordi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.