Karzay: NATO Afg’onistonda xavfsizlik o’rnata olmadi

450
0

001

Afg’oniston Prezidenti Homid Karzay NATOning o’n yildan oshiq davr mobaynida Afg’onistonga tinchlikni olib kela olmaganlikda aybladi.

Karzayga ko’ra, harbiy amaliyotlarga milliardlagan dollarlar sarflanib, NATOning minglagan askarlari halok bo’lganiga qaramay, hech qanday natijaga erishilmagan.

«NATO operatsiyalari mamlakatda xavfsizlik o’rnata olmadi», – dedi u Bi-bi-siga bergan intervyusida.

Karzay Bi-bi-sining “Helmanddagi mag’lubiyatlarni qanday baholaysiz?”, degan savoliga javob berar ekan, “Xavfsizlik masalasida, NATOning amaliyotlari Afg’onistonga ko’plab jabru jafo olib keldi. Ko’plab kishilarni hayotdan olib ketdi, juda ko’p talofatlarga sabab bo’ldi. Bu bilan hech nimaga erishilmadi, chunki Afg’oniston hali ham xavfsiz emas. Qisman xavfsiz degan ibora menga yoqmaydi, chunki bu biz istagan xavfsizlik emas. Biz mutlaq xavfsizlik bo’lishini va terrorga qarshi aniq qoidalari bor kurashni istaymiz”, deya ta’kidladi.

Karzay Tolibon bilan hamkorlik qilish uchun harakat olib borayotganini ma’lum qildi. “Ular ham afg’on. Agar afg’on prezidenti, afg’on hukumati Tolibon a’zosini hukumat lavozimiga tayinlay olish imkoniga ega bo’lsa, bunday imkoniyatdan foydalanamiz. Agar afg’on xalqi saylovlar orqali Tolibonni hukumat vazifasiga tayinlay olsa, Tolibon kelib saylovlarda ishtirok etishi kerak. Aniqroq aytsam, ular ham afg’on ekanlar, afg’on hukumatiga qo’shilishlariga eshiklar ochiq”, dedi u.

Turkiston:

Karzayning pozitsiyasi biroz be’tayin. U bir tomondan AQShga qarshi aytaylik Yevropa manfaatlari bo’ylab xarakatlansa, yana bir tomondan Islomga qarshi dunyo kufr sistemasining manfaatlariga xizmat qiladi. AQShning oxirgi yillarda Toliblar bilan muzokara olib borishga bo’lgan qattiq xarakatlari, Karzayni noqulay vaziyatda qoldirdi.

AQSh Afg’onistonda Karzay bilan birga Tolibonga qarshi olib borgan xarbiy xarakatlarining oxirida, mag’lubiyatini to’la tan olib o’zini chetga ola boshladi. Karzay esa, u kabi jang maydonidan qochish imkoniyatiga ega emas. Unga ergashganlar esa, xatto vaziyatga ko’ra Korzay singari mamlakatdan qochib ketish imkoniyatiga ham ega emaslar. Shuning uchun Karzayning pozitsiyasi, aslida ana shu be’chora ergashganlarning umidlantirish asosida yurgiziladi. Chunki ularsiz Karzay hech kim emas.

AQShning manfaatlari esa toboro Karzayning kichkina maqsadlarida uzoqlashib boryapti. Shuning uchun u xalqaro siyosatdagi, AQSh bilan raqobatlasha oladigan davlatlar bilan ham maslaxatlasha boshladi. Chunki AQSh o’z manfaatlarini dunyo sistemasining xavfsizlik masalasidan ustun qo’ya boshladi. Afg’oniston botqog’idan chiqishda, uni shu botqoqqa botirgan davlatlarga o’chashib keskin xarakatlar bilan, Markaziy Osiyoni ham urushga tortib bo’lsa ham o’z qutilishni, balki bir necha manfaatlar bilan qutulishni ko’zlay boshladi. Karzay shunga qarshi davlatlardan ham foydalanmoqchi bo’ladi.

Lekin u hali ham kufr sistemasiga suyanib ish olib borayotgani, demokratik saylovlarning mamlakat kelajagiga bog’layotganidan ko’rinadi. Uning NATO va AQShning so’kishi ham, Tolibon yoki Do’stum bilan yaqin aloqalar o’rnatishga bo’lgan xarakatlari ham, aslida AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning xatolarini dunyo oldida o’z zimmasiga olib, Afg’onistonni bir necha bo’laklarga bo’lib, bittasini o’ziga olib qolish maqsadiga qaratilgan. Buning uchun u xalqning ra’yini qozonishi lozim. Xalq esa kufrning har qanaqangi ko’rinishlaridan norozi. U o’zini shu ishga rozi bo’lgan kuni bo’ynini sirtmoqqa solganini endi tan olayotgan bo’lsa ajab emas. Chunki xozirda u xatto qochay desa qocha olmaydi ham. Islom o’lkalari uni xoin deb qabul qilmasa, kufr o’lkalari itoatsiz qul deydi. Uni kufr oldida o’z missiyasining nihoyasiga etkazishga yoki xatolarini tan olib Alloh va musulmonlar oldida tavba qilishdan o’zga chorasi qolmadi. Qolgan malay hokimlarni xam yaqin kelajakda shu kun va shu yo’llarning birini tanlash kutyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.