Konferenciya ta’qiqlab qo’yildi

395
0

img_8593_138113572352

 

Hizb-ut Tahrir tarafidan Ukrainaning qirim viloyatida tashkil qilingan “Sovet ittifoqi qulagandan so’ng Hizb-ut Tahrir va da’vat, qarshiliklar va haqiqatlar” nomli Konferenciya Ukraina razvedkasi va xavfsizlik kuchlari tarafidan qattiq qarshilikka uchraganligi tufayli to’xtatildi.

Konferenciya o’tkazish uchun avvaldan kerakli barcha qonuniy ruxsatnomalar olinganligi va Konferenciya zaliga o’ziga xos yozilmalar osilganiga qaramay, Konferenciya vaqti kelganda xavfsizlik kuchlari zalga kirishdan to’sib, Konferenciya o’tkazilishiga qarshilik qildi.

Hizb-ut Tahrir Konferenciya uchun kerakli xavfsizlik choralarini ko’rib qo’ygan edi. Bundan tashqari Hizb-ut Tahrir uyushmasi Ukrainada ta’qiqlangan jamoalardan emas.

Konferenciyaga qatnashish maqsadida turli o’lkalardan ishtirokchilar, jumladan, Livandan markaziy axborot bo’limining rahbari Usmon Baxxosh, Turkiyadan Mahmud Kar, Angliyadan Toji Mustafo, Gollandiyadan Okay Pala, Rossiyadan Vitaliy Readnskiy, Ukrainaning o’zidan Fozil Hamzaev tashrif buyurgan edi.

Shuningdek, “Memorial” inson huquqlari tashkilotining Markaziy Osiyo dasturlari rahbari Vitaliy Ponamaryov, Turkiyaning İMKANDER nomli inson huquqlari va insonparvarlik yordam tashkilotining rahbari Murat Uzer, Kirg’iziston inson huquqlari faoli Ravshan Gapirov, Qirim inson huquqlari tashkilotining rahbari Anvar Qodirov, Belgiyadan O’rta osiyo bo’yicha ekspert Bruno Dekordia, Ukraina xalqaro siyosiy tadqiqotlar markazining rahbari Doktor Nikolay Kerushka, Ukrainalik siyosatshunos Doktor Sergey Kisilov Konferenciyaga qatnashish uchun tashrif buyurgan edi.

Ukraina razvedkasi va xavfsizlik kuchlarining bunday noqonuniy hatti harakati katta tayyorgarlik ko’rilgan Konferenciyaning to’xtatilishiga sabab bo’ldi. Hizb-ut Tahrir Ukraina xavfsizlik kuchlarining noqonuniy hatti harakatini qoralab, Konferenciya zali oldida ko’pchilik ishtirokida o’z noroziliklarini izhor etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.