Hizb-ut Tahrir Ukrainada forum tashkil qildi

499
0

07.10.2013_hbr_1381159553

 

Hizb-ut Tahrir tarafidan Qirim viloyatida tashkil qilingan konferentsiya Ukraina razvedkasi va xavfsizlik kuchlari tarafidan qattiq qarshilikka uchrab, to’xtatib qo’yilgandan so’ng Hizb yigitlarining faol harakati tufayli Lenin maydonida joylashgan teatr zalida forum tashkil qilindi.

Forumga Hizb-ut Tahrir – Ukraina matbuot bo’limining raisi Fozil Amzaev boshchilik qildi. Avval xabar qilganimizdek, forumga Hizb-ut Tahrirning markaziy axborot bo’limining rahbari Usmon Baxxosh, Hizb-ut Tahrir – Gollandiya axborot bo’limining vakili Okay Pala, Hizb-ut Tahrir – Angliya axborot bo’limining vakili Toji Mustafo va Hizb-ut Tahrir – Turkiya axborot bo’limining raisi Mahmud Kar ishtirok etdi.

Forum boshlovchisi Fozil Amzaev o’z nutqida Ukraina xavfsizlik tashkilotining Rossiya, O’zbekiston va Qirg’iziston kabi qo’shni davlatlar bosimi ostida konferentsiyani ta’qiqlab qo’yganligini aytib o’tdi. Amzaev konferentsiya ta’qiqlangandan so’ng jurnalistlarning va ommaviy axborot vositalari muxbirlarining “Hizb-ut Tahrir va uning O’rta Osiyoda faoliyatlari”ga aloqador savollariga javob berish uchun ayni forum tashkil qilinganligini ma’lum qildi.

Hizb-ut Tahrirning markaziy axborot bo’limining rahbari Usmon Baxxosh Hizb 1953 yil tashkil qilinganligi va Xalifalik davlatini tiklash uchun fikriy va siyosiy faoliyat olib borishi haqida so’z yuritdi. U hech bir shaklda qurolli faoliyat olib borishni uslub sifatida tabanniy qilmaganligini ta’kidladi. Shunday bo’lishiga qaramay, ba’zi o’lkalarda, xususan O’rta Osiyo davlatlarida Hizb-ut Tahrir a’zolarining qamoqqa olinayotganligi va suyiqasdlarga duchor qilinayotganligi haqida gapirib o’tdi.

Forumga Qirim axborot agentligi, Ukraina inson huquqlari tashkiloti, ICTV axborot kanali, INTYeR telekanali, Navoros internet sayti ishtirok etdi. Shuningdek, “Memorial inson huquqlari tashkilotining Markaziy Osiyo dasturlari” rahbari Vitaliy Ponamaryov, “Vozrojdeniya” gazetasi muxbiri Anvar Qodirov va Qirg’izistonlik inson huquqlari faoli Ravshan Gapirov kabi bir qancha taniqli shaxslar ham ishtirok etdi.

Forumda quyidagi savollar o’rtaga tashlandi:

Hizb-ut Tahrir Ukraina va Yevropada Xalifalikni tiklamasa, unda nima uchun bu o’lkalarda faoliyat olib bormoqda?

Hizb-ut Tahrir antisemitizmga (yahudiy diniga yoki millatiga dushman sifatida qarashga) moyilmi?

Hizb-ut Tahrirning moliyaviy ta’minoti qaerdan keladi?

Xalifalik tiklangandan so’ng g’oyrimusulmonlar bilan qanday munosabatda bo’ladi?

Hizb-ut Tahrirning markazi Angliyada, degan xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?

Hizb-ut Tahrir Turkiyada foliyat olib boryaptimi?

Ukrainadagi Turk din vakillari Turkiyada Hizb-ut Tahrir yo’qligi haqida gapiradilar, shu to’g’rimi?

Forum ushbu savollarga to’liq javoblar bilan tamomiga etdi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.