Iroqdagi shanba kungi xurujlar

430
0

001

Maxalliy hukumat vakillarining so’zlariga tayangan holda Press TV telekanalini xabar qilishicha, Iroqda shanba kuni sodir etilgan qator hujumlar natijasida 78 kishi qurbon bo’lgan.

Iroq IIVligi, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi vaziyatni izdan chiqarish maqsadida jangarilar ochiq urishni boshlashdi, deya bayonot berdi.

RIA Novostini bildirishicha, bu hujumlar ichida eng qonlisi Bog’dod shimolida sodir bo’ldi. Jangarilarni nishoni maxalliy mazorga marosim uchun ketayotgan ziyoratchilar bo’lgan. Kamida 51 odam, shu jumladan 4 politsiyachi bu hujum qurboni bo’ldi, 70dan ziyod odam jarohatlandi.

Deyarli mana shu terrorchilik xarakati bilan bir vaqtda Iroq poytaxtidan 80 km shimolda joylashgan Balad shahridagi kafelarning birida portlash sodir bo’ldi. Kamida 13 odam qurbon bo’lib, 20dan ziyod odamlar turli darajada tan jarohati olishdi. Yana mamlakatni boshqa aholi maskanlaridagi portlashlarda 10dan ortiq odam qurbon bo’lgan.

“Shahidlar uchun qasos” amaliyoti doirasida Iroq xavfsizlik kuchlari so’nggi vaqtlarda maxsus amaliyot o’tkazishdi, buning natijasida Bag’dod va uning atrofidan “Al-Qoida”ga aloqodorlikda gumonlanib yuzlab odamlar qo’lga olindi. Bu amaliyotlar shia hukumati tarafidan asosan sunniylar yashaydigan hududlarda o’tkazilgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Iroqda yil boshidan buyon 4600 atrofidagi odam zo’ravonlik qurboni bo’lgan.

Turkiston:

O’zining harbiy quvvatiga tayanib, oson g’alabani ko’zlab, Iroqqa bostirib kirgan AQSh hukumati bu erda musulmonlarning keskin qarshiligiga duch keldi hamda bu qarshilik xarakatlarini engishni uddasidan chiqa olmay botqoqqa botib qoldi.

Shundan so’ng Iroqdan o’z kuchlarini olib chiqib ketish va shu bilan birga bu erda o’zining nufuz hamda manfaatlarini saqlab qolish uchun bu jirkanch mustamlakachi o’zining razil xiylalaridan biri musulmonlar o’rtasiga mazxabparastlik olovini yoqdi.

Shu maqsadda AQSh Iroqdagi boshqaruv va kuch organlarining barchasini shialar qo’liga topshirib, ularning qo’li bilan sunniylarni qatag’on qilishni boshladi.

O’z navbatida sunniylar ham o’zlarining haq-huquqlari toptalayotganini ro’kach qilib, shialarga qarshi kurashni boshlab yuborishdi. Musulmonlaro’zlarining haqiqiy dushmanlari kim ekanligini farqlay olmay, o’zaro adovatlashishlari Iroqda Amerika qadamini mustaxkamladi va bu mustamlakachi tomonidan qo’yilgan malay hukumatni o’ziga yuklatilgan vazifasi –Iroqni parchalab, bo’lib tashlashlik –ni bajarishlikka imkoniyat paydo qilib berdi.

http://mir-politika.ru/6682-subbotnie-terakty-v-irake.html

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.