Islomga qarshi 200 millionlik fond tuzildi

449
0

la-afp-getty-topshots--turkey-us-diplomacy-jpg-20130421

 

Amerikaning Nyu-York taymz gazetasining yozishicha, ideologiyaga asoslangan radikalizmga (ya’ni Islomga) keng ko’lamda qarshi kurash olib borish uchun Turkiya va AQSh hamkorligida 200 million dollarlik fond tashkil qilindi. Maqsad Somali, Yaman va Pokiston kabi o’lkalardagi radikal Islomiy guruhlarga qarshi kurashdir.
Gazetaning AQSh tashqi ishlar vazirligiga qarashli manbaga tayanib xabar qilishicha, Amerika va Turkiya tarafidan “olamiy, ijtimoiy javobgarlik va rivojlanish fondi” nomi ostida tashkil qilingan bu fonddan ko’zlangan maqsad Yaman, Somali va Pokiston kabi o’lkalardagi demokratiyaga rozi bo’lmaydigan “radikal” Islomiy harakatlarga qarshi kurash hamda ayni o’lkalarda ijtimoiy loyihalar tuzib, yoshlarning Islomiy, Jihodiy “terroristik” jamoalarga qo’shilib ketishini oldini olishdir.
Fond tashkil qilinganligini Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovud o’g’li va AQSh davlat kotibi Jon Kerri AQShning Nyu-York shahrida bo’lib o’tgan “Olamiy anti-terror forumi”da e’lon qilishdi.
Ikki davlat bir bo’lib tashkil qilgan 200 million dollarlik “Olamiy, ijtimoiy javobgarlik va rivojlanish fondi” o’z faoliyatini 2014 yilning o’rtalarida boshlashi aytilmoqda. Fondni AQSh va Turkiyadan tashqari nodavlat tashkilotlar ham mablag’ bilan dastaklashi mumkin.

Turkiston: Bu font, kufr bilan Islom o’rtasidagi front liniyasi chizig’ini butun dunyoda ochiq oydin belgilab beradi. Boshqacha aytganda bu xarakat, AQShga Islom olamidagi kufr sistemasiga moyil xarakatlarning xozirgi paytdagi, ya’ni Islom sistema sifatida namoyon bo’lib kelayotgani oshkora bo’lib qolgan davrda, o’z pozitsiyalarini ochiq namoyon etib, Islom yoki kufr tomonida ekanligini e’lon qilishlarini talab qiladi. Yuqorida tuzulayotgan font, shu ishlarni ro’yobga chiqarishda xo’rak vazifasini bajaradi.

Bu dunyo sistemasi ilgaridan olib borayotgan ishning yangicha shakli. Ilgari bu kabi ishlar katta sakkizlik yoki yigirmatalik davlatlari tomonidan ajratilgan mablag’lardan sarflab olib borilar edi. Xozirgisi esa, olamiy fond shaklida.

O’zgarishning asosi shu erdaki. Kufr sistemasi monopalist mustamlakachilari tomonidan shu tizimdagi manfaatlarini ushlab turish, dunyo sistemasini saqlab qolishga bog’liq bo’lib qolgani ularni katta mablag’lar sarflab turishga majburlab keladi. Yuqoridagi fontda esa, shunga o’xshagani bilan bundan umuman boshqa yo’nalishdagi xarakat olib boriladi.

Bu fond, islomiy davlatlar va xarakatlarni shu sistemadagi manfaatlarini saqlab qolish uchun ularini xarakatga keltirish maqsadida tuzuldi. Bu erda mablar tanqislik muammosi deyarli yo’q. U kufr manfaatlarini ximoyachilarini musulmonlarning o’zlaridan chiqarish uchun ularni sotib olish yoki xissa qo’shishlariga majburlash asosiga qurilgan.

Buning bilan ular nimaga erishishni ko’zlashyapti? Misrdagi eksprementlarini kengaytirish, ya’ni dunyo musulmonlarining ichida manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqarish va kuchaytirish. Kapitalistik tuzm faqat moddiy manfaat asosiga qurilganidan, u shundan foydalanib kelayotgan va millionlagan daromadlarga ega musulmonlarga, o’zingni manfaatlaringni saqlashda xissangni qo’sh deydi. Ularning manfaatlar shu sistema mavjudligiga bog’lab, uning qulashidan keladigan xatarlarni tushuntirish ishlarini kuchaytirishadi. Natijada musulmonlar katta jixod, ya’ni nafs bilan iymonni birini tanlashga majbur bo’lishadi. Bu Iymon bilan kufr o’rtasidagi urushning so’ngi xarakatlaridan biri bo’lib, musulmonlar uchun Ollox Subxanahu va Ta’oloh tomonidan bir sinovdir.

Urushning so’ngi ko’rinayotgani shundaki, kufr o’zidagi quvvati bilan mag’lub bo’ldi. U kurashni musulmonlar yordamisiz tez kunlarda qo’ldan boy berishi ta’yin bo’lib qolayotganini yashirishga urinayotgani bilan, aniq sezilib turibdi. Xozirdagi yangi uslublari unga deyarli yordam bera olmaydi. Lekin musulmonlarga biroz ziyon keltirishi mumkin. Ziyon shundaki, ular kufr manfaatlaridan ta’sirlangan musulmonlar bilan, iymonda mustahkam mo”min musulmonlar o’rtalaridagi to’qnashuvlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa, faqat musulmonlarning dunyoyu oxiratdagi manfaatlariga ziyon keltirishi aniq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.