Asad BMT Xavfsizlik kengashi qaroriga itoat qilishga va’da qildi

404
0

Bashar+Al+Assad+online-news+it1

 

Italiyaning RiaNews telekanaliga bergan intervyusida, Suriya prezidenti Bashar Asad BMT Xavfsizlik kengashining barcha kimyoviy qurollar aslahaxonasini yo’q qilish qaroriga itoat qilishini ma’lum qildi.
“Biz qaror xali Xavfsizlik kengashiga taqdim qilinmasdan oldin, kimyoviy qurollarga ega bo’lish va foydalanishni ta’qiqlash to’g’risidagi xalqaro kelishuvga qo’shilganmiz”, – dedi Asad. U kimyoviy qurollarni yo’q qilish jarayonini engillatish Suriyani birinchi galdagi vazifasi dedi, biroq “texnik muammolar” borligidan afsus bildirdi. Suriya prezidenti so’zlariga ko’ra, ayrim kimyoviy qurollar omboriga “terroristlar ishtirokida” borish mushkulligini va bu aslahaxonalardan qanday qilib qutilish mumkinligi tushunarsizligini, aytib o’tdi.
Shuningdek Asad, agar Suriya xalq shunga qaror qilsa o’z o’rnini bo’shatishga tayyorligini bildirdi, biroq 2014- yilgi saylovlardan so’ng. Prezidentning so’zlariga ko’ra, “bo’ron vaqtida kemani tashlab ketish emas, uni portga olib borish kerak”.
Qaror BMT Xavfsizlik kengashining 15 a’zosi tomonidan 28 sentyabr kuni bir ovozdan qabul qilingan edi. Hujjatda Suriya hukumati qo’yilgan shartlarga rioya qilmagan taqdirda keskin choralar ko’rishlik ham ko’rsatilgan . Biroq, Rossiya tomonini qat’iy talabi bo’yicha bu har qanday holatda ham xorijiy harbiy aralashuvni o’z ichiga olmaydi. Buning uchun BMT XKni alohida qarori bo’lishi zarur.
Shuningdek hujjatda Asad hukumati va isyonchilarni tinch muzokaralarni boshlashga chaqiruv ham bor. BMT bosh kotibi Pan Gi Munning so’zlariga ko’ra, Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan qaror “Suriya bo’yicha uzoq vaqtdan beri kutilgan birinchi umidbaxsh yangilik bo’ldi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.