Haj-2013: O’zbekistonliklar uchun kvotalar saqlab qolindi

190
0

99A62C51-B5E1-41F5-966A-6FC5CA3574DF_mw1024_n_s

 

O’zbekiston Vazirlar mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo’yicha qo’mita Haj-2013 mavsumida Makka va Madinaga boradigan ziyoratchilar soni saqlanib qolgani haqida xabar qildi;
Avvalroq, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan ziyoratchilar sonini 20 foizga qisqartirish to’g’risidagi qaror qabul qilingan va bu haqida dunyoni barcha mamlakatlari, shu jumladan O’zbekiston ham rasmiy ravishda xabardor qilingan edi.
Saudiya Arabistoni hukumati, haj va umra ibodatini ado etayotgan ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida muqaddas Makka va Madina shaharlarini infratuzulmasini tubdan takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilayotgani sababli, bu qaror qabul qilinganini aytgan edi.
O’zbekistonda Haj-2013 mavsumida ziyoratchilar sonini qisqartirish bo’yicha ishlar boshlab yuborilgan edi.
Shu bilan birga, mamlakat fuqarolari uchun kvotalarni saqlab qolishlikka xarakat qilindi. Chunki 15 iyunga qadar 5200 nafar o’zbekistonlikni hajga borishini tashkillashtirish ishlari yakunlangan edi. Din ishlari bo’yicha qo’mita Saudiya Arabistoni haj ishlari bo’yicha vazirligiga, avval tomonlar kelishgan kvotalarni saqlab qolishni so’rab maktub yo’lladi.
Bundan tashqari O’zbekistonni Saudiya Arabistonidagi elchisi ayni masala yuzasidan madaniyat vaziri va haj ishlari bo’yicha vazir bilan uchrashdi. O’zbekiston tomonidan qilingan sayi-xarakatlar natijasida Haj-2013 mavsumi uchun ajratilgan kvotalar avvalgi miqdorda saqlab qolindi va 5200 nafar ziyoratchini barchasi hajni ado etishlari mumkin,- deyiladi bu xabarda.
Turkiston: O’zbekistondagi musulmonlar o’z e’tiqodlari talab qiladigan farz ibodatlarni bajarishlari uchun ham hukumat tomonidan turli hil to’siqlarga duch kelishlari tabiiy holga aylanib qolgan. Chunki O’zbekistonda kim necha yoshdan namoz o’qishi, ayollar necha yoshdan hijob kiyib, ro’mol o’rashi va necha yoshdan hajga borishi O’zbekiston hukmati tomonidan belgilanadi. Bu hukumat qabul qilgan qarorga ko’ra, 40 yoshga to’lmagan musulmonlar haj ibodatiga borishlari mumkin emas. Din ishlari bo’yicha qo’mita esa hukumatni mana shunday qarorlarini amalda tadbiq qilishdan boshqasiga yaramaydi hamda bizga ajratilgan kvotalarni barchasini saqlab qoldik deb xabar berishdan uyalmaydi ham.
Aslida Saudiya Arabistoni tomonidan haj mavsumida har bir islomiy o’lka uchun musulmon aholisining 1 foizi miqdorida kvota ajratiladi. Oddiy misol, qo’shni Qirg’iziston aholisining umumiy soni 5 million atrofida bo’lib, Saudiya bu davlatga 4,5 mingta kvota ajratadi. Dog’istondan 6 mingdan oshiq, Chechenistondan 3 mingga yaqin, Rossiyadan 20 mingdan ziyod odam haj ibodatiga boradi, O’zbekiston esa aholi soni 30 million bo’lgani holda bor yo’g’i 5200 kvota bilan kifoyalanadi. Buning sababi Karimov boshchiligidagi O’zbekiston hukumati o’z musulmon fuqarolarini haj mavsumida musulmonlar birligini namoyon etadigan, duolar mustajob bo’ladigan hajga yuborishdan ham qo’rqadi. Shuning uchun ham bu hukumat kvotalar sonini oshirish yoki saqlab qolish haqida emas, aksincha bu kvotalarni qanday qilib kamaytirish haqida bosh qotirishi tabiiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.