2013- yilning birinchi yarim yilligida O’zbekistonda aholi daromadi 16,3% “oshdi”

173
0

10766814

 

O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasida navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Kun tartibi tasdiqlanganidan so’ng deputatlar O’zbekiston respublikasi davlat byudjetining 2013 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi masalasini ko’rib chiqdilar.
Majlisda belgilab o’tilganidek, mamlakatda qabul qilingan iqtisodiy rivojlantirishning o’zimizga xos va mos modelini va uning asosida ishlab chiqilgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo’yicha puxta o’ylangan dastur printsiplarini izchil ro’yobga chiqarish tufayli 2013 yilning birinchi yarim yilligida barqaror yuqori o’sish sur’ati va iqtisodiyotning makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlanganligi ta’kidlandi. Mamlakatni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilishning O’zbekiston rahbariyati tomonidan to’g’ri tanlangan strategiyasi tufayli Vazirlar Mahkamasi joriy yilning birinchi yarim yilligida davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga muvaffaqiyatli qarshi kurashishga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini va xalq farovonligining oshishini ta’minlashga muvaffaq bo’lingan.
Jumladan, 2013 yil birinchi yarim yillikda mamlakat yalpi ichki mahsuloti o’sishi 8%ni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi- 8,2%ni va qishloq xo’jaligi 7,3%ni tashkil etdi.
Ichki talabni mutanosib ravishda rag’batlantirish hamda mamlakatning mahsulot ishlab chiqaruvchilarini rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmlari 14,4 foiz, chakana tovar aylanmasi 14,6 foiz va xizmatlar ko’rsatish 16,1 foiz o’sishini ta’minladi.
Ko’rib chiqilayotgan vaqt mobaynida mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish ustivor vazifalarini bajarilishi natijasida aholi daromadini barqaror o’sishini ta’minlashga erishilganligi va bu ko’rsatkich 16,3 foizni tashkil etgani alohida belgilab o’tildi.
Turkiston: O’z xalqi voqeligidan tamoman uzulib qolgan Karimov boshchiligidagi O’zbekiston hukumati ko’p yillardan buyon mana shunday havoyi raqamlar bilan odamlarni aldab kelishdan charchamaydi. Agar O’zbekiston aholisi daromadlari mana shu qog’ozda ko’rsatilagan raqamlarga oz bo’lsa ham yaqin kelganida millionlab o’zbekistonliklar pul topish ilinjida Rossiya va boshqa davlatlarda sarson-sargardonlikda yurmagan, o’zlarini “suyukli” prezidentlaridan “dangasalar” degan dashnomni eshitmagan, etishtirilgan paxtani terib olishlik uchun ixtiyoriy-majburiy safarbar qilinmagan, arzimagan bolalar nafaqa pulini olish ilinjida o’zlarini emizikli go’daklarini tashlab paxta termagan bo’lar edilar. O’zbekiston YaIM (yalpi ichki mahsulot)ni ham, aholi daromadini o’sishi ham aynan mana shu chetda ishlab yurgan “dangasalar”ni o’z yurtiga jo’natayotgan mablag’lari evaziga bo’lmoqda. Mana shu mexnat muhojirlari jo’natgan pul 2012 yilda 6 milliard 241 million AQSh dollarini tashkil etgan Chunki O’zbekistonda ichki ishlab chiqarish deyarli izdan chiqqan. Biror ish qilishga layoqati borlarni esa tanish-bilishchilik, korruptsiya va tekshir-tekshirlar xonavayron qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.