Shinjonda politsiya o’tkazgan reyd natijasida 12 uyg’ur o’ldirilgan

389
0

getImage (2)

Paskam viloyatida politsiya o’tkazgan reyd natijasida 12 uyg’ur otib o’ldirilgan. Mahalliy hukumat va aholini xabarlariga tayangan holda RFA (Radio Free Asia)ni xabar qilishicha, xodisa bundan uch xaftadan ko’proq vaqt oldin sodir bo’lgan, ammo Pekin tomoni ma’lumotlarni to’sishi natijasida bu haqida faqat bugun ma’lum bo’ldi.

Politsiya Qashqarni Paskam viloyatidagi otishmani tasdiqladi. Shu bilan birga politsiya xodisa tafsilotlari haqida xabar berishdan bosh tortdi. Mahalliy hukumat va axolini RFAga aytishlaricha, xodisa 23-avgust kuni Quybog’ qishlog’ida sodir bo’lgan.

Xodisa guvohlarini aytishicha, politsiya 30 kishidan iborat “terroristik” guruhni aniqlash uchun reyd o’tkazgan.

“Men politsiya tintuv o’tkazish uchun uyg’urlar turgan uylardan biriga qanday bostirib kirishganini va 12 kishini o’ldirishganini ko’rdim. Ularni o’sha erni o’ziga dafn qilishdi”,- dedi guvohlardan biri.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.