YEXHT Qirg’izistonda seminar o’tkazdi.

404
0

0

Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Qirg’izistonda jazo o’tash muassasi vakillari bilan “diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” nomli seminar o’tkazdi.

Seminarga Qirg’izistondagi kuch ishlatar organlari va muftiyat vakillari ham qatnishib, barchasi barobariga “diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” yo’lida hamkorlik qilishni ma’qullashdi.

Din ishlari bo’yicha ekspert Kadr Malikov Qirg’izistonda faolit olib borayotgan Hizb-ut tahrirga e’tibor qaratib, bunday harakatlarga qarshi kurashish uchun pul kerak bo’lishini urg’uladi.

“Bu butun o’lka xavfsizligiga tegishli masala. So’ngi Kumtor voqeasini olib ko’raylik. Oltin koniga oid masaladan biroz oldin “Hizbut- Tahrir” nomidan videorolik paydo bo’lgan edi. Ikkinchidan, do’q-po’pisa qilib, Kumtordan 3 million dollar so’raganlikda gumon qilinayotganlardan birining ham diniy faktor bilan aloqasi bo’lgan. Bu juda xavfli vaziyat. Shuning uchun zudlik bilan chora ko’rish kerak, biroq kүch ishlatish bilan emas, ma’rifiy yo’nalishda tushuntiruv ishlarini olib borish zarur. Bu esa sarf-xarajat talab qiladi”, dedi ekspert Malikov.

Seminardan so’ng turmalarda bo’layotan da’vatga qarshi olib borilayotgan ishlar to’g’risida gapirgan Qirg’iziston musulmonlar diniy idorasining etakchisi Raxmatula Egemberdiev bunday dedi:

– “Hizb-ut Tahrir” deymizmi, yo bo’lmasa salafiya, akramiya deymizmi, qisqasi shu kabi jamoat a’zolaridan ba’zilari sudlanib, turmalarda da’vat ishlarini yurgizayotganlari yo’q emas. Bugungi kunda uchta turmaga borib imom tayinlab berdik. Bu imomlar turmaga kirib mo”tadil din asosida dars o’tishiga va juma namozlarini o’qib berishiga imkoniyat yaratib beryapmiz. Boshqa turmalarning boshchilari ham imom saylab beringlar va mahkumlar tomonidan qo’yilgan imomlarni tekshiruvdan o’tkazib beringlar deb iltimos qilishyapdi”.

Jazo o’tash muassasining tezkor bo’limi bosh boshqarmasining etakchisi Oroz Enteriev yaqindagina atayin xizmat vakillaridan iborat guruh muftiy boshchiligida barcha turmalarni ziyorat qilib chiqqanligini tasdiqladi.

“Biz tashabbus qilib komissiya tuzdik. Komissiya koloniyalarning barchasini aylanib chiqdi. Umumiy jazo o’tash joylarida jami bo’lib 400dan 900gacha mahbus namoz o’qiydi. Ular mu’tadil Islom yo’lida yurishga harakat qilishmoqda” dedi u.

Enteriev dinga qarshi kurash xalqaro miqyosda olib borilib, bu borada tajriba almashuv bo’lib turishini quyidagicha izohladi:

– O’tgan yili Rossiyadan, Qozoqistondan ekspertlarni chaqirganmiz. Ular bilan birga seminarlar o’tkazdik. Ularning maslahatlariga quloq solib, diniy ekstremizm bo’yicha sudlanganlarni bo’lak bir erda qamash fikridan voz kechdik. Undan ko’ra qamoqlarning ichida ixcham joylarni qurib, usha erda qamaylik deyapmiz. Hammasini to’plab, bir koloniyaga qamay olmaymiz, chunki ularning rejimlari bo’lak. Qozoqiston bilan Rossiya hammasini bir joyga qo’ygan ekan, keyin boshqadan avvalgi holatiga qaytarishipti.

Turkiston:

Dunyo musulmonlarining Islomga bo’lgan talpinishi va o’z diniga da’vat qilishi kundan kunga kuchayib bormoqda. Dunyo bo’ylab da’vat yukini bo’yniga olgan Hizb-ut Tahrir Qirg’izistonda ham ish olib borib, zolimning zulmidan qo’rqmasdan, Ummatni islomiy hayotni qayta boshlashga da’vat qilmoqda. Malay hokimlarning zindonlari Hizb yigitlariga to’lib toshdi. Biroq, bunday og’ir choralar qahramon yigitlarning g’ayratini sindira olmadi. Bu yigitlar turmalarda ham da’vat ishlarini to’xtatishmadi. Bunday martlik kofirlarning qalbiga qo’rquv soldi va ularni qamoqxonadagi da’vatga qarshi kurash haqida bosh qotirishga majbur qildi.

Bu ishlardan YeHHTning maqsadi o’z xavfsizligini himoya qilish bo’lsa, malaylarning maqsadi xo’jayinlarining topshiriqlarini oshirib bajarib, ularning pullarini olib eyishdir. Kadr Malikov “pul beringlar, biz dinga qarshi kurashib beramiz” deb ochiq aytmagan bo’lsa-da, biroq uning “bu ishlar albatta sarf-xarajat talab qiladi” degan gapidan shu ma’no chiqib turipti.

Yevropa o’z xavfsizligini himoya qilish uchun, mintaqalardagi malaylarini ishga soladi va buni “hamkorlik” deb atab qo’yadi. Malaylariga topshiriqlar yuklatiladigan yig’inlar esa konferentsiya yoki seminar kabi usti yaltiroq terminlar bilan ataladi. Bu yig’inlarga qatnashgan manqurt malaylar esa o’zlaricha xursand. Seminardan chiqib “turma boshliqlarini o’zlari iltimos qilyapti”, deb xo’jayinlaridan olgan topshiriqlarni bajarishga kirishadi.

Kofirlar va ularning malaylari qanchalik hiyla nayrang qilishmasin, Alloh Subhanahu va Taolo ulardan hiylakorroq va O’z ishida g’olibdir. Hizb o’z da’vatida mustahkam turadi va bu ish oxiriga etadi, insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.