Suriyaga zarba berishdan maqsad Isroilni himoya qilishdir

22
0

13625360145206

 

Isroillik sharhlovchilarga ko’ra, prezident Barak Obama va prezident idorasining yuqori martabali mas’ullari hamda kongresdagi respublikachilar va demokratlar partiyasining etakchilari Suriyaga zarba berishdan ko’zlangan asosiy maqsad Isroilni himoya qilish ekanligini ta’kidladilar.
Siyosiy sharhlovchi Chiko Menashening Isroil radiosiga bergan intervyusida “prezident Obamaning Suriyaga hujum qilish rejasini “Isroilni himoya qilish rejasi”, deb nomlash mumkin, dedi.
Shuningdek, Menashe “Bu tong” nomli tongi dasturda “Oq uy idorasining kongres a’zolari oldida Isroil xavfsizligini idrok qilishi AQShning Suriyaga zarba berishini oqlaydi”, deya ma’lum qildi.
“Are Golan” axborot dasturining taqdimoti ham Menashening “Suriyaga hujum qilishni Isroilni himoya qilish rejasi, deb nomlash mumkin”, degan fikriga hamohang bo’ldi. Agentlik Suriyaga zarba berish borasida kongres a’zolari orasida o’tgan munozarada va tashqi ishlar vaziri Jon Kerri bilan mudofaa vaziri Chak Haygel orasida o’tgan munozarada “Isroil” kalimasi 60 marta takrorlanganiga ishora qildi.
“Are Golan” axborot agentligi AQShda kuchli nufuzga ega bo’lgan “AYPAK” yahudiy tashkiloti Suriyaga zarba berishni dastaklayotganini va kongres a’zolarini bunga qanoatlantirish uchun o’z nufuzini ishga solganligini qo’shimcha qildi. “AYPAK” yahudiy tashkilotiga ko’ra, AQSh hujumi Isroil xavfsizligiga xizmat qiladi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.