Juma kungi to’qnashuvlarda Misrda 36 kishi halok bo’ldi.

420
0

images

30 avgust juma kuni Misrning bir qator shaxarlarida sobiq prezident Muhammad Mursi tarafdorlari bilan unga qarshilar o’rtasida to’qnashuvlar bo’lib o’tdi.

Islomchilar harbiy to’ntarishga hamda o’z saflaridan qamoqqa olinishliklarga qarshi norozilik izhor qilmoqdalar. Qohirada va bir qancha yirik shaxarlarda namoishchilar yo’llarini xozirgi siyosiy rejim tarafdorlari to’sishgan. Natijada to’qnashuvlar kelib chiqqan. «Al-Xayot» telekanalining ma’lumotiga ko’ra, Qohirada va boshqa viloyatlarda qurbon bo’lganlar soni 36 kishiga etgan.

«Musulmon birodarlar» ommaviy yurishi mamlakat poytaxtidan boshlandi. Ular bu yurishni “qonunchilikning tiklanish jumasi” deb ataganlar. Namoishchilar prezident saroyi «Ittixodiyaga» yo’l olganlar. Qohiraning asosiy maydonlari va davlat muassasalari armiya va politsiya yordamida to’sib qo’yilgan. Namoishchilarni tarqatib yuborish uchun politsiya ko’zdan yosh oqizuvchi gaz qo’llamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.