Beynart: AQShning noto’g’ri siyosati Misrni Suriyaga aylantirmoqda

510
0

00

Amerikalik siyosiy tahlilchi Peter Beynart Misrda yuz berayotgan hodisalar haqida o’z fikrini bildirdi. Misr AQSh tashqi siyosatida katta muvaffaqiyatsizlikni namoyon qildi, deb hisoblaydi u. Uning ta’kidlashicha, Oq uyning noto’g’ri pozitsiyasi Suriyada bo’layotgani kabi, Misrda ham qurolli hujumga o’tadigan ekstrimistik oqimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.

“Men odatda prizident Barak Obama idorasini mudofaa qilib kelaman. Ammo o’ylashimcha, uning siyosati fojeali musibat keltirdi. Jon Makkeyn kabi senatorlar Amerika nufuzining hajmi haqida o’rtaga tashlagan so’rovlarida haqlidirlar”, dedi Beynart.

“Ehtimol Amerika katta nufuzga ega emasdir, lekin inqilob amalga oshirilgan lahza Misr siyosatiga ta’sir qilish mumkin bo’lgan lahza edi. O’shanda Musulmon birodarlarni sahnaga qaytib, siyosiy rolini o’ynab berishiga imkon berish zarur edi. Bizning qo’limizda Misr harbiylarini bunga ruxsat berishga majbur qilish fursati bo’la turib lekin biz bu nufuzni ishga sola olmadik”, deya qo’shimcha qiladi tahlilchi.

Beynart Misrda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hodisalar haqida o’z fikrini namoyon qilar ekan, Musulmon birodarlar ichidagi Ekstrimistik unsurlar sahnadagi asosiy o’rinni egallashiga ishora qildi. “Yaqinda Suriyada bo’layotgani kabi, Misrda ham qurollangan Islomiy qarshilik harakatiga guvoh bo’lamiz. Bu hujjatlar majmuasi hozirgi AQSh idorasining ulkan mavaffaqiyatsizlikka yuz tutayotganini qo’rsatib turipti”, deya fikrini izhor etdi Baynort.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.