G’azab kuni

66
0

00

Misrda musulmonlar bugungi jumani “g’azab kuni” deb atashib yana namoyishni davom ettirishmoqda. Ma’lumki politsiya namoyishchilarga nisbatan jangovar qurol ishlatish huquqiga ega. Bunga Misrning muvaqqat hukumati ruxsat bergan. Chorshanba kuni namoyishchilarga qarata o’qotar qurollar ishga solingani sababli rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 638 kishi hayotdan ko’z yumdi. Ammo Musulmon Birodarlarning bildirishicha, shahid bo’lganlar soni 5000 atrofida. Chorshanba kungi qirg’in musulmonlarni ortga chekintirish o’rniga yana ham shijoatlantirib yubordi.

Juma nomozidan so’ng yangidan avjiga chiqqan norozilik namoyishlarida namoyishchilar xavfsizlik kuchlari bilan to’qnashishi oqibatda 12 namoyishchi qurbon bo’lgani aytilmoqda. To’qnashuv Ramzes maydoni yaqinida yuz bergan. Juma namozidan so’ng musulmonlar Ramzes maydoni tomon yurishgan. Ammo ular maydon xavfsizlik kuchlari tomonidan o’rab olinganligiga duch kelishgan.

Bir tarafda halok bo’lganlar dafn etilayotgan bo’lsa, ikkinchi tarafda namoyishlar norozilik chiqishlarini davom ettirishmoqda. Ular armiya joriy etgan favqulodda holatni tan olishdan bosh tortayapti.

Bugungi chiqishlar oldidan shaharda tanklar va boshqa zirxli mashinalar soni oshirilgan. Xavfsizlik kuchlari poytaxtga olib boruvchi katta yo’llarni to’sib qo’ygan. Namoyishchilar armiya va xavfsizlik kuchlariga qarshi shiorlarni aytib, hayqirishmoqda.

«Musulmon birodarlar» etakchilaridan biri Muhammad Baltajining bildirishicha, harbiy to’ntarishni amalga oshirgan general Abdul Fattoh as-Sisiy armiya va xalqni grajdanlar urushiga tortmoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.