AQSh va Misr harbiylari o’rtasidagi aloqalar

432
0

1

Voshingtonda o’tgan seminarda bir guruh mutaxassislar Amerika idorasi bilan Misr harbiylari o’rtasidagi aloqalar ustida bahs munozara yuritishdi.

Misrdagi vaziyat tobora keskinlashib, tinch aholiga qarshi kuch qo’llanish darajasi oshib borar ekan, AQSh Misr armiyasiga ko’rsatiladigan yordamni to’xtatadimi yoki davom ettiradimi?

Amerika tashqi ishlar universitetining professori Xillari Mann Leverett, Misr-Amerika ittifoqining raisi Muxtor Komil, Al-jazira tarmog’ining siyosiy tahlilchisi Marvon Bashshora va o’rta sharq inistitutining tadqiqotchisi Muhammad Minshaviy ushbu savolga javob topishga harakat qilishdi.

Professor Mann Leverett AQSh idorasi Misr armiyasiga ko’rsatiladigan yordamni to’xtatishini ehtimoldan uzoq sanaydi. Chunki bu – uning so’zlariga ko’ra – AQSh manfaatiga ziddir. U Aqsh tomonidan qilingan tahdidlar va ogohlantirishlar General as-Sisining yo’liga to’sq bo’lishi mumkinligiga ishora qildi.

Marvon Bashshoraning e’tibor qilishicha, AQShning Misr harbiylariga ko’rsatayotgan yordami Amerikacha ekspluatatsiya qilishdir. “Undan maqsad Amerika milliy xavfsiizligini himoya qilish, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish emas”, deydi Mutaxassis.

Tahlilchi Muhammad Minshoviyning fikricha, AQShning Misr harbiylariga ko’rsatayotgan yordami faqat bitta holatdagina kesiladi. U ham bo’lsa Misr Armiyasining Isroilga hujum qilish uchun qadam tashlashidir. Biroq, unga ko’ra, bu amri maholdir.

Muxtor Komil ham Amerika idorasining Misr harbiylariga ko’rsatayotgan yordamining to’xtatilishiga ishonmaydi. Chunki o’rta sharq boshidan kechirayotgan vaziyatlar tufayli Misr armiyasini qo’lida tutib turish AQSh uchun o’ta muhimdir.

Muxtor Komil Amerika idorasining Misr armiyasini qo’lida tutib turishga harakat qilayotganini ta’kidlar ekan, Voshington, garchi bu demokratiya va inson huquqlariga qaratilgan o’zining konistitutsion asoslariga mos kelmasa ham, o’z manfati yo’lida hech narsadan tap tortmay bu yo’lda davom etishiga e’tibor qaratdi.

Turkiston:

Yuqoridagi taxlillar va umuman olib borilayotgan muzokaralarning barchasi, AQShning olib borayotgan xalqaro siyosatiga qarshi Angliyaparast quvvatlar tomonidan uyushtiriladi. Ular AQShni Suriyadagi Rossiyaning xolatiga tushirishmoqchi. Lekin AQShning xalqaro siyosatda tutgan o’rni va vazni, Rossiyanikidan bir necha o’n barobar kattaligidan, uning obruyiga etadigan ziyonning ko’lami ham o’shancha katta bo’ladi.

AQSh bu qo’yilayotgan savollarga javob berishga majbur. Misr armiyasini dastaklashda davom etishga ham majbur. Bu xolatdan u albatta chiqib ketadi, lekin qanaqangi nayrang ishlatar ekani qiziq. Anig’i shuki, u kaysi yo’lni tutmasin, haq bo’lib chiqaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.