Qirg’iziston hukumati iqtisodiyotni Islomiy shaklda boshqara oladimi?

474
0

01

sunnapress.com sayti tarqatgan xabarga ko’ra Qirg’iziston xukumati shu kunlarda malakatni boshqaruv tizimida yangicha printsip qo’llashni e’lon qilgan. Ularning gapiga ko’ra Qirg’iziston ichki moliyaviy ish yuritishda Islomiy iqtisodiy ish yuritish tamoyillarini davlat boshqaruvida qo’llamoqchi. Ya’ni bu Qirg’izistonda iqtisodiyot Islomiy bo’ladi deganidir. Bu to’g’rida Qirg’iziston Islomiy iqtisodni rivojlantirish qo’mitasining raisi Talantbek Karimboev yaqinda poytaxt Bishkek shahrida o’tkazilgan davra suhbatida ta’kidlagan. Uning so’zlariga qaraganda bu to’xtamga kelishga asosiy sabab 2008 – yilda chiqqan “Qirg’iziston Respublikasi iqtisodiyotiga Islomiy moliyaviy normativlarni kiritish to’g’risida”gi qarori asos bo’lgan. Bir qaraganda ushbu xabar Islomning rivojlanishi uchun juda yaxshi yangilikdek ko’rinishi mumkin, lekin masalaning boshqa tomonlari ham borki, uni faqatgina siyosiy tushunchasi Islom bilan echilgan shaxslargina ko’ra bilishlari mumkin. Bu bilan nima demoqchimiz:

Hozirgi paytda Qirg’iziston O’rta Osiyo davlatlari orasida Rossiya va AQSh tomonidan eng ko’p tazyiq ostiga olinayotgani, boshqaruvida ham mustaqillikka ega emasligi va albatta buning pirovardida hududdagi eng zaif davlatlardan ekanligi ochiq oydin ko’rinib turibdi. Shu sababli anchadan beri u erda davlat to’ntarishga xarakatlar bo’lishi xaqida gap-so’zlar ko’p uchraydi. Zimdan nazar solsak bu bilan Qirg’iziston mamlakatdagi muxolif xarakatlarga qarshi etarli darajada, masalan: O’zbekistonda Karimov rejimi kabi, jiddiy kurash olib bora olmayotgani ko’rinib turibdi. Bunday xolatda agar unga ko’z olaytirib turgan katta aka davlatlari (Rossiya va AQSh) bu muammoni echishda to’g’ridan – to’g’ri yordam berishmasa, bunga qarshi o’zi biron narsa o’ylab topishi kerak. Endi u O’zbekiston kabi qattiq choralarni qo’llashga qiynaladi, chunki davlat O’zbekistonchalik baquvvat emas va yana xalq ham uzoq vaqt bemalolchilikda bo’lib turgani bois uning tizginini ushlab olish mushkulroq (shu o’rinda; O’zbekiston prezidenti Karimov o’z yahudiy siyosiy texnologlari orqali shu xolatni vaqtida ko’ra bildi va vaqtida o’z kurashini boshlab oldi). Qirg’iziston masalasida endi eng oson va qulay chora bu – mo”tadil Islom yo’nalishi. Ya’ni xalq orasiga Islomning ba’zi ko’rinishlarini olib kirib, albatta bu olib kirilgan narsa demokratik asoslarga, xususan boshqaruvdagi katta davlatlar manfaatiga zid kelmasligi sharti bilan, xalqqa Islomga amal qilishda sharoitlar yaratib berganligini da’vosini ko’z-ko’z qilish bilan, musulmonlarni asl maqsaddan chalg’itishga urinish bo’ladi va shunday ishni yo’lga qo’yganiga ham ancha bo’ldi, bunga misol qilib: Qirg’iziston parlamentida namoz o’qiydigan deputatlar uchun ham namozxonalar qurib berilishi, Xajga borish xolatlari boshqa qo’shnilarga nisbatan osonligi va yana boshqa misollarni keltirish mumkin. Ushbu moliyaviy xolatni islomiylashtirish xarakati ham shu ishlaring bir ko’rinishi xolos.

Lekin masalaning yana bir tomoni ham borki, buni ham ta’kidlab o’tish lozim. Ya’ni bunday mo”tadil Islom yo’nalishi, Qirg’iziston kabi siyosati ham, iqtisodi ham immuniteti o’ta kuchsiz, nomuvozanat davlatda bunday uslub uning o’zi uchun o’ta xatarli natija berishi mumkin, chunki xalq orasidagi Islomiy xarakatlarga qarshi to’liq kurasha olmaganligi uchun shu chorani ko’rayotgandan keyin, albatta o’sha Islomiy xarakatlar tek qarab turishmaydi. Shu jumladan musulmonlarni siyosiy fikrini ochishga xarakat qilayotgan Xizb ut – Tahrir jamoasi ham ishlarini jadallashtirib yuborayotgani ma’lum. Bunday xolatda, birinchidan ummatda Islomga amal qilish ishtiyoqi kuchayadi, unga muhabbati oshadi va albatta siyosiy Islomiy xarakatlarning ham ishlari osonlashadi. Zero buyuk Robbimizning ushbu oyatlari shu o’rinda ayni xaq ekanligini sezamiz:

وَمَكَرُوا وَمَكَرَ اللَّهُ وَاللَّهُ خَيْرُ الْمَاكِرِين

“Ular makr qilyapmiz deb o’ylarlar, Alloh ularning makriga munosib javobni berib qo’yur.” Oli – Imron. 54.

Musulmonlarga bunday xolatni yaratib bergan Alloh Taologa mo”minlar chin dildan xamdu sano aytib, birinchi o’rinda bir – birilari bilan ixtilofni to’xtatib, xaqiqiy dushman kim ekanligini to’g’ri xis qilib, unga qarshi kurash har bir musulmonning burchi ekanligini birgalikda, hamjixatlikda xarakat qilishlari lozim bo’ladi. Alloh Taolo O’z nusratini faqatgina maqsadini to’g’ri tushungan va unga birgalikda xarakat qilgan bandalarigagina berishligini va’da qilgan. Aks xolda Alloh Taoloning ushbu oyatlariga tushib qolishlikdan Alloh o’zi saqlasin:

وَقَالَ الشَّيْطَانُ لَمَّا قُضِيَ الْأَمْرُ إِنَّ اللَّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ الْحَقِّ وَوَعَدْتُكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ ۖ وَمَا كَانَ لِيَ عَلَيْكُمْ مِنْ سُلْطَانٍ إِلَّا أَنْ دَعَوْتُكُمْ فَاسْتَجَبْتُمْ لِي ۖ فَلَا تَلُومُونِي وَلُومُوا أَنْفُسَكُمْ ۖ مَا أَنَا بِمُصْرِخِكُمْ وَمَا أَنْتُمْ بِمُصْرِخِيَّ ۖ إِنِّي كَفَرْتُ بِمَا أَشْرَكْتُمُونِ مِنْ قَبْلُ ۗ إِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Ish bitib bo’lganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq va’dani qilgan edi. Men esa, sizga va’da berdim-u, va’damga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo’q edi. Faqat da’vat qilsam, o’zingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, o’zingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», dedi. Ibrohim – 22.

Hizb ut-Tahrir O’zbekiston

http://hizb-uzbekistan.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.