Aqso masjidida Xalifalik tadbiri o’tkazildi

585
0

01

Ramazon oyining 17 kuni, ya’ni juma kuni Hizbut-tahrir a’zolari va tarafdori Aqso masjidining ichida ham, tashqarisida ham ulkan yig’ilishlar tashkil qilib, bugungi kundagi vaziyat haqida xitoblar va siyosiy bayonotlar uyushtirdilar. Bayonotlarda Suriya va Misrdagi jarayonlarga markaziy masala sifatida qaralib, alohida e’tibor berildi.

Misrda kechgan hodisalar haqida so’z yuritilar ekan, mansab va lavozim uchun musulmon boshqa bir musulmonni o’ldirishligi harom ekanligidan ogohlantirib, bugungi kundagi muammolar Allohning shariati ijro qilish bilan echilishi mumkinligi alohida ta’kidlandi. Keyingi kunlarda Misrda yuz berayotgan tartibsizliklar, qonli voqelarning yagona javobgari Amerika ekanligi urg’ulandi.

Yig’ilishlarga ishtirok etganlar Hizb-Tahrir, Xalifalik, Suriya va Misr haqida bergan savollariga qoniqarli javoblar olishdi.

Rosululloh s.a.v.ning bayroqlari va Xalifalikni qayta tiklash mazmunidagi afishalar Aqso masjidini to’ldirib yubordi.

Yig’ilish so’ngida tez kunlarda Xalifalikning qayta tiklanishini va Hizbut-Tahrir amiri Ato Abu Rushtaning ishlariga muvaffaqiyat so’rab duoga qo’l ochildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.