Suriya do’stlari»ning Suriya oppozitsiyasini qurollantirishga bag’ishlab o’tkazilgan Davhadagi konferentsiyasi

381
0

gerb

Bundan qonxo’r Bashar bilan dialogga erishish hamda Suriyada Xalifalik davlatini tiklash loyihasiga zarba berish uchun qo’zg’olonchilar o’rtasida fitna paydo qilish maqsad qilingan

2013 yil 22 iyun shanba kuni «Suriya do’stlari» guruhiga a’zo 11 davlat tashqi ishlar vazirlari Qatar poytaxti Davhada yig’in o’tkazdi. Unga Qatar tashqi ishlar vaziri Hamd ibn Josim raislik qildi. Yig’inda «mo”tadil» qo’zg’olonchilarni qurollantirish mavzusi muhokama qilindi. Amerika tashqi ishlar vaziri Kerri: «Men shuni ta’kidlamoqchimanki, biz bu ishga biron harbiy echimga erishish maqsadida emas, balki muzokara stoliga o’tirib siyosiy echimga erishish uchun qo’l urmoqdamiz», dedi. U bu qo’llab-quvvatlovdan maqsad «Jeneva so’zlashuvlariga erishish» ekanini ta’kidladi. Hamd esa: «Suriya oppozitsiyasiga qurol-aslahalarni etkazib berish Suriyada tinchlikka erishishning birdan-bir yo’lidir», deb bildirdi. Qatar bosh vaziri konferentsiya ochilishida nutq so’zlab tezlik bilan harakat qilib Suriyada siyosiy protsessga oid aniq vaqti belgilangan yo’l xaritasiga erishish zarurligini aytdi. Hamd esa Suriyadagi vaziyatni o’zgartirish uchun «yashirin qarorlar»ni qabul qilish zarurligini ta’kidlar ekan, shu guruhga a’zo 9 davlat Suriya ozod armiyasining harbiy kengashi orqali harbiy yordamlarni etkazib berilishiga kelishib olganini ko’rsatib o’tdi. So’zlashuvlardan oldin bir yuqori martabali Amerika mas’uli Vashington g’arblik va arab ittifoqchilardan Suriya oppozitsiyasiga yuboriladigan barcha yordamlarni G’arb tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan Suriya ozod armiyasining oliy harbiy kengashi orqali etkazib berilishini istashini aytdi. G’arb jihodiy jamoalar hukmronligini kamaytirishga urinib Suriya ozod armiyasini qo’llab-quvvatlamoqda. E’tiborni tortadigan narsa shuki, «ozod armiya» shtabi boshlig’i general Salim Idris «Suriya do’stlari» konferentsiyasidan oldin Anqarada yig’in o’tkazdi. Unda bir necha islomiy tashkilotlar va guruhlarning etakchilari ham qatnashdi. Bu bir necha islomiy guruhlar «ozod armiya» hukmronligini tan olayotgan kamdan-kam holatlardan biri bo’ldi. O’sha yig’indan maqsad yangi qurol-aslahalar etib kelishidan va Davhadagi bugungi yig’indan oldin maydondagi pozitsiyalarni o’zaro muvofiqlashtirish ekanligi ma’lum bo’ldi.

Yangi fitnaga til biriktirilgan bu konferentsiyada aytilgan gaplardan oppozitsiyani qurollantirish yana bir iflos ekani ochiq ko’rinib turibdi. Fitnaga til biriktirgan bu konferentsiya ishtirokchilari o’zlarining manfaatlari turli ekaniga qaramay bu o’yindan qaysidir turda muvozanatni vujudga keltirish maqsadini ko’zlashmoqda. Bu muvozanat oppozitsiyani va rejimni ham Amerika homiylik qiladigan Jeneva-2 asosida tinchlik echimiga erishish uchun dialog stoliga o’tirishga majbur qiladi. Bu muvozanatdan oppozitsiyani rejimga qarshi jangni oppozitsiya foydasiga hal qilishga imkon beradigan darajada qurollantirmaslik maqsadi ko’zlanmoqda. Aksincha oppozitsiyani dialogni qabul qilishga uni majbur qiladigan miqdordagina qurollantiriladi. Amerika mana shunga harakat qilmoqda. Amerikaning bundan maqsadi Suriyadagi rejimni o’ziga malay bo’lib qolaverishini hamda jinoyatchi razvedka xavfsizlik apparatini o’zining qo’lidagi bir qurol sifatida saqlab qolishni kafolatlashdir. Suriyadagi jinoyatchi rejim intizor bo’lib kutayotgan narsa ham mana shudir. Chunki ana shunda dor sirtmog’i bu rejim bo’ynidan olib tashlanadi. Binobarin qonxo’r Basharga sobiq prezident sifatida muomala qilinadigan bo’ladi, uning jinoyatlari esa biron nuqtai nazar asosida qilingan deb hisoblanadigan bo’ladi.

Bularning barchasidan ham ko’ra xatarlirog’i qurol-aslahalarni ozod armiyadagi shtab boshlig’i Salim Idris timsolidagi «mo”tadil» tomonlarga topshirishidir. Qurol-aslahalarni topshirish nazorat ostida va «tiz cho’ktiruvchi» yozma shartlar ro’yxatiga muvofiq tarzda bo’ladi. Buni Luay Miqdod ochiq aytdi. Bu shartlardan biri qurol-aslahalarning jihodiy guruhlar qo’liga tushmasligidir. Bu shartlardan yana biri jinoyatchi rejimga qarshi jang qilishga mushtoqlik bilan intilayotgan ba’zi jihodiy jamoalarni ularning Islomiy Xalifalik davlatini tiklash va Alloh yo’lidagi jihod loyihasidan «murojaat qilinadigan islomiy manbasi bor» ilmoniy fuqarolik davlatini qurish loyihasi foydasiga voz kechishga majbur qilishdir. Bunga qonxo’r Basharning va uning ayrim jinoyatchi tayanchlarining hokimiyatdan ketishi bilangina kifoyalanib qo’ya qolish orqali erishilmoqchi. Bu erda bularning barchasidan ham ko’ra xatarliroq bo’lgan yana bir narsa bor. U ham bo’lsa terrorizmga qarshi, ya’ni Islomga qarshi xalqaro kurash degan bahona bilan qurolli jamoalarni bir-biriga zarba berishiga erishishdir. Shundan keyin «mo”tadillar»ni axborot vositalarida va xalqaro qarorlar bilan qo’llab-quvvatlanadi. Bunga misol qilib faol xalqaro kuchlarni joylashtirilishini va Saudiya, Qatar, Turkiya, Iordaniya kabi shu kuchlarga malay hokim rejimlarni ishga solinishini keltirish mumkin. Bu malay rejimlarni ana shu kuchlarning zarba berishida yordam berish uchun ishga solinadi.

Qo’zg’olonchilar orasidagi «mo”tadillar»ni qurollantirishdan maqsad qo’zg’olonning islomiyligiga barham berish, qo’zg’olonchilarning xohish-irodasini bo’g’ib tashlash va ularning siyosiy qaror chiqarishlariga yo’l qo’ymaslikdir. Bunga ularni xorijda tuzilgan milliy koalitsiya va uning harbiy kengashi timsolidagi ilmoniy oppozitsiyaga bog’lab qo’yish orqali erishilmoqchi. Bu bilan esa qurol-aslaha berish qaror evaziga bo’ladigan bo’ladi. Qo’zg’olonchi musulmonlarga qarshi jinoyat qilayotgan makkor Amerikaning rejasi mana shudir. U buni o’zining malayi Asad bilan hamkorlikda amalga oshirmoqchi. Amerika qo’zg’olonchilarni o’zidan qurol-aslaha olish uchun o’zining quchog’iga otilishlariga ularni majbur qilish uchun Asadni qo’zg’olonchilarga zarba berishini buyurdi.

Shom Suriyasidagi ey qo’zg’olonchi musulmonlar:

Suriyadagi har qanday jamoaning o’z siyosiy qarorini qurol-aslaha evaziga sotib yuborishi shar’an haromdir. Zero har bir jamoadan o’zini har qanday xalqaro avrab-aldashlardan qutqarishi va o’z qarorini garovga qo’yib qurol-aslaha olish tuzog’iga tushib qolmasligi shar’an talab qilinadi. Barcha shuni yaxshi bilsinki, Suriyada sizlarga najot beradigan echim faqat sizlarga o’zining abadiy etakchi ekani haqida nido qilgan sayyidimiz Muhammad ga ergashish bilangina bo’ladi. Zero sayyidimiz Muhammad  bizning abadiy etakchimiz va imomimizdir. Payg’ambarimizning o’zgarish yasashdagi tariqatlari bizning tariqatimizdir. Demak echim Payg’ambarimizning va bizning dushmanlarimizda emas, Payg’ambarimiz tariqatlaridadir. Bizga Allohdan keladigan nusrat mevasini beradigan birdan-bir echim udir. Bu echim quvvat ahli orasidan Alloh ansorlarini izlashimizdir. Bu ansorlar Alloh Taolo diniga yordam berish borasidagi o’z rollarini ado etadilar. Qurol-aslaha esa ichkarida ko’plab mavjuddir. Ansorlar Alloh diniga mana shu qurol-aslahalar bilan yordam bersinlar. Amerika yoki Yevropa tomonidan yoki Saudiya, Qatar, Turkiya kabi malay davlatlar tomonidan beriladigan qurol-aslahalar esa qator shartlar bilangina beriladi. Bu shartlarda tezlik bilan zo’ravonlarcha o’ldirish mavjud! Shunday ekan, ey qo’zg’olonchi musulmonlar, Allohga, Rosuliga va Islom omonatiga xiyonat qilishdan, mana shu arzimas to’lov evaziga shahidlaringizning qimmatli qonlarini sotib yuborishdan saqlaning… Mana Hizbut Tahrir Suriya ahli orasidagi obro’li kishilarga, qo’zg’olonchilarga, harbiy xizmatni davom ettirayotgan yoki Suriya armiyasidan ajralib chiqqan zobitlarga da’vat yo’llab ularni yolg’iz Alloh ansorlari bo’lishga chorlamoqda, ularning barchasini Alloh Subhanahu rozi bo’ladigan birdan-bir davlat roshid Xalifalik davlatini tiklash uchun qo’lni qo’lga berishga chorlamoqda.

Alloh Taolo aytadi:

«Agar sizlarga Alloh yordam bersa, hech kim sizlardan g’olib bo’lmas. Va agar sizlarni yordamsiz qo’ysa, Undan o’zga hech bir zot yordamchi bo’lmas. Imon keltirgan zotlar Allohning o’zigagina suyansinlar!»

[Oli Imron 160]

Hizbut Tahrir 14 sha’bon

1434h Suriya viloyati 23 iyun 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.