Misr harbiylari kim tomonda

415
0

123

Harbiy notiq Polkovnik Ahmad Muhammad Ali namoyishlar izidan chiqib ketganligi va qurolli bir guruh respublika qo’riqchilari baraklariga hujum qilganligiga ishora qilib, “bu erda namoyishchilarni harbiy kazarmalarga hujum qilishga targ’ib qilish uchun provakatsion ishlar ketmoqda”, dedi. Uning ta’kidlashicha, harbiylar Misr xalqining xavfsizligi bilan o’ynashish va unga zarar etkazishlariga yo’l qo’ymaydi.

Negadir harbiy notiq mustamlakachi davlatlar manfa’atini “Misr xalqining xavfsizligi”, deb atadi. Misr xalqining xavfsizligini ta’minlashni xohlaganlar qurolsiz tinch namoyishchilarga qarata o’q uzishi, o’nlab odamlarni o’ldirib, yuzlagan odamlarni jarohatlashi mumkinmi?! Axir o’sha namoyishchilar ham Misr xalqi emasmi?! Buni Polkovnikning o’zi ham tan olib, “biz shuni bilamizki, g’azabga to’lgan namoyishchilar ham Misr xalqidir, har bir misrlikning birodaridir”, deya bildirdi.

Harbiylar Mursiyni taxtdan ag’darayotganda ham mana shunday yolg’on bayonotlar bilan ko’z bo’yamachilik qilgan edi. O’shanda davlat televideniyasida chiqish qilgan qurolli kuchlar bosh qo’mondoni Abdul Fattoh Sisiy xalq talabiga javob berishga chaqirib, “Misr xalqi og’ir kunlarni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Xalq talablariga quloq solishimiz va bag’rimizga olishimiz lozimdir”, degan edi.

Agar rostdan ham Siysiy xalq talabiga quloq soladigan bo’lsa, unda nega Misr xalqining 93% tashkil qiladigan musulmonlarning “Biz faqat shariat bilan yashashni xohlaymiz, shariatdan boshqasi bizga kerak emas”, degan talabiga quloq solmayapti. Husni Muborakni qulatgan xalq Islom deya hayqirganda uning qulog’iga tom bitganmidi.

Biz bu gaplarimiz bilan Mursiyni oqlamoqchi emasmiz. Mursiy Misr xalqini ishonchini oqlay olmadi. Misr xalqi Islomiy tuyg’ularidan kelib chiqib, Mursiyni saylagan edi. Ular Mursiy hokimiyat tepasiga kelsa Islomiy hayot yuzaga kelishini kutgan edi. Xozirda ham jonini tikayotganlar Mursiyni deb emas, Mursiy hokimiyatga qaytsa, Islom qaytadi deb shunday qilishyapti. Ammo Mursiy janoblari esa ummat oldida Shariat hukmlarini qayta tiklaganligi haqida hisobot berish o’rniga Obamaga sim qoqib demokratiya qadam-baqadam rivojlanib borayotgani haqida hisobot berdi. “Bismillahirrohmanirrohim”, deb gapni boshlab, shariatni emas, demokratiyani ijro qilamiz deb turgan odamni oqlab bo’lar ekanmi?!

Nima bo’lganda ham ummat Islomdan boshqasiga rozi bo’lmayapti. Bu esa quvonarli holdir. Agar mana shu harbiylarimiz g’arbga malaylik qilishni bas qilib, nusrat talabiga javob berishganda edi, ummat allaqachon farovon hayotni qo’lga kiritgan bo’lardi. Nusrat talabiga javob berganlar ham ikki bukilib AQSh yoki Angliyaga hisobot topshirayotgan bo’lmasdi. Balki ikki dunyo baxt saodatiga erishgan bo’lardi. Bu dunyoda Ikkinchi roshid Xalifalikning ansorlari deya tarix zar varaqlarida muhrlanib qolish baxtiga muyassar bo’lsa, oxiratda esa Rosululloh s.a.v.ning ansorlari safida turish baxtiga muyassar bo’lardi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.