Azhar shayxi qonni to’xtatish uchun e’tikofga o’tirmoqchi

467
0

01

Azhar shayxi doktor Ahmad Toyyib respublika qo’riqchilar binosi oldida ellikdan oshiq odam o’ldirilgandan so’ng o’z uyida e’tikofda o’tirishga majbur bo’lganligini e’lon qildi.

U Rosululloh s.a.v.ning “Alloh Taoloning nazdida Ka’baning parcha-parcha bo’lib ketishi bir musulmonning nohaq qoni to’kilishidan ko’ra engilroqdir”, degan hadislarini tilga olib, “qon hidi taralayotgan bu muhitda toki har bir shaxs bu qonni to’xtatishda o’z mas’uliyatini bo’yniga olmagunicha o’z uyimda e’tikofda o’tirishga majburman”, deya bayonot berdi.

Shayx o’z bayonotida respublika qo’riqchilar binosi oldida ro’y bergan hodisalarning tagiga etib, natijsini xalqqa etkazishni talab qildi va barcha taraflarni qon to’kilishiga sabab bo’ladigan moddiy faoliyatlarni darhol to’xtatishga chaqirdi.

Shuningdek shayx Ahmad Toyyib barcha qamoqqa olinganlarning ozod qilinishini va milliy yarashish uchun uzog’i bilan ikki kun ichida barcha salohiyatga ega bir qo’mita tashkil qilib, demokratiyaga o’tish uchun vaqtinchalik mukammal ro’yxat tuzishni talab qildi.

Turkiston:

Payg’ambarimiz SAVning xadislarini shu Shayx tushungandek tushuniladigan bo’lsa, jihodlarning barchasi noto’g’ri olib borilgandek bo’lib qoladi. Chunki Rosululloh SAV tomonlaridan olib chiqilgan jihod yoki Makkadagi da’vat oqibatlarida qancha musulmonlarning qoni to’kildi. Demak bu xadisni tushunishda “noxaqdan” degan asosga urg’u beriladi. Shunda borayotgan xarakatlarga ularning xarakatlarini noxaqda bo’lsa xaqqa burish shu shayxlarning ham burchlari ekanligi oydinlashadi.

Balki shayxning gapi to’g’ridir. Xaqiqatdan ham musulmonlar bir birlarini qonini to’kishi xozirgi vaziyatda nojoizdir, lekin shu masala ham shar’iy to’g’ri echilishi va amal qilinishi vojib. Lekin bu Shayx chaqirayotgan demokratik jarayonga qaytib tinch qolish, ya’ni kufrga rozi bo’lish bilan qon to’kilishini oldini olish, yuqoridagi xadisga zid va shar’iy hukmga teskari xarakatdir. Payg’ambarimiz SAVning siyratlariga murojat qilishning o’zi bu gaplarimizni quvvatlaydi.

Bu Shayxning xarakatlari, uning fikrat bilan tariqatni tiniq tushunmaganidan va ularni bir birlariga bog’lay olmaganining oqibatidan kelib chiqqan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.