Misrda harbiy to’ntarish ro’y berdi.

23
0

1370463655_1

3 iyul kunining 17:00 soatida, ya’ni berilgan 48 soatlik muhlat tugagach, armiya tomonidan o’z lavozimidan olingan Misr prezidenti Muhammad Mursi qurolli kuchlar va siyosatchilar tarafidan ilgari surilgan “yo’l xaritasini” rad etdi va mamlakatda ro’y bergan holatni “harbiy to’ntarish” deb atadi.

“Men prezident sifatida barcha misrliklarni bu harbiy to’ntarishga tinchlik ila qarshilik qilishga chaqiraman”, – dedi u va “yo’l xaritasini” ishlab chiqqanlarning bu ishga vakolati yo’qligi va natijada bu xarita noqonuniy ekanligini belgiladi.

Misrning Oliy Konstitutsion sudi raisi Adli Mansur mamlakatga vaqtincha rahbarlik qilmoqda. Muhammad Mursi, ma’lumotlarga ko’ra, xavfsiz joyga, harbiy razvedka qarorgoxiga olib o’tilgan. Mursining lavozimdan olinishligiga bog’liq, mamlakatda tartibsizliklarning yangi to’lqini avj olib ketdi.

Misrning turli shaxarlarida Mursi tarafdorlari bilan qarshilar o’rtasida to’qnashuvlar boshlanganligi hamda birinchi qurbonlar haqida ma’lumotlar kela boshladi. Mersa-Matruxda Mursi tarafdorlari harbiylarga hujum qilishgan, harbiylar ularga qarshi qurol ishlatishga majbur bo’lgan. Bu erda to’rt odamning halok bo’lganligi haqida ma’lumot bor.

To’qnashuvlar Qohira va Aleksandriyada ham bo’lmoqda. Poytaxtning Robia al-Adaviya masjidi atrofida o’q tovushlari eshitilmoqda. Mamlakat janubida, Asuanda g’azablangan «Musulmon birodarlar» tarafdorlari atrofni vayron qilmoqda va mashinalarni pachaqlamoqda. El-Fayum shaxrida ham tarafdorlar va qarshilar o’rtasida otishmalar boshlanib ketdi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.