Misr harbiylarining hokimiyatni egallash niyati yo’q

537
0

1

O’zini Misrning haqiqiy va qonuniy Prezidenti deb bilgan Muhammad Mursiy har qancha urinmasin xalq talablarini qondira olmaganlikda ayblanib, prezidentlikdan chetlatildi va o’zining 12 yordamchisi bilan birga uy qamog’iga olindi.

Misr konstitutsiyasi vaqtinchalik bekor qilindi Misr qurolli kuchlari safidagi generallar Mursiyning o’rniga Misr konstitutsion mahkamasining raisi xristian diniga mansub Adli Mansurni muvaqqat prezident etib tayinladilar. Misrning so’nggi 1400 yillik tarixida birinchi marta xristian shaxs mamlakat Prezidenti lovozimini egalladi.

Al-Azhar universiteti shayxi Ahmad at-Toyib chiqish qilib, harbiylar ilgari surgan rejani qo’llab-quvvatlashini bildirdi. Misrlik musulmonlar orasida katta nufuzga ega bo’lgan shayx muddatidan avval prezident saylovi o’tkazishga chaqirdi. Harbiylar rejasini Misrdagi kopt nasroniylari cherkovi rahnamosi ham qo’llab-quvvatladi.

AQSh Prezidenti Obama Misr harbiylarini inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi. Bu uning Misrdagi harbiy to’ntarishga qarshi emasligini ko’rsatib turgan bo’lsa-da, biroq u Oq uyda kun bo’yi davom etgan yig’ilish ortidan “Misrda harbiylar tomonidan Mursiyning iqtidordan chetlatilishi tashvishlanarli holdir”, deb bayonot berdi. AQSh Prezidenti harbiylarni imkoni boricha qisqa muddat ichida Misr hokimiyatini demokratik yo’llar bilan noharbiy shaxs qo’liga topshirishga chaqirdi.

“Biz Misr halqi bilan demokratiyaga qaratilgan o’zgarishini ta’minlash borasida birgalikda harakat qilishda davom etaveramaiz”, dedi prezident Obama.

Ayni paytda senator Patrik Lixi Misrga ko’rsatiladigan yillik yordam miqdori qayta ko’rib chiqilishini bildirdi.

U o’z bayonotida “Misr harbiylari hokimiyatni egallash niyati yo’qligini va bunga rag’bati ham yo’qligini aytib kelishadi. O’ylaymanki, ular ahdlarida sodiq qolishadi”, dedi.

“Ayni vaqtda qonunlarimiz aniq. Agar harbiy to’ntarish demokratik yo’l bilan saylangan hukumatni yo’q qiladigan bo’lsa Amerikaning yordami kesiladi”, deya qo’shimcha qildi u.

Tahlilchilarga ko’ra, “Musulmon birdarlari”ni hokimiyatdan chetlatish puxta o’ylab chiqilgan rejaga o’xshaydi. Go’yoki bu amal general Fattoh al-Sisi anchadan beri o’ylab yurgan qadam bo’lgandek.

Oxirgi vaqtlarda “Musulmon birodarlar” a’zolaridan ba’zilari hibsga olinib, Islomiy televizion kanallar faoliyati to’htatib qo’yilgan edi.

Turkiston:

Nahotki shu hiyonatdan keyin ham AQShga suyanib ish ko’rishga rozi bo’ladigan birorta kuch topilsa.

Nahotki xorlik bizlarning kundalik xayotimizda oddiy xolga aylandi. Kufr tomonida ochiq turib faoliyat olib borayotgan musulmonlar o’zlariga qattiq zulm qilishadi. Lekin islomni hayotga qaytarish sari faoliyat olib borayotgan jamoa’a va hizblarchi.

Shuncha ishlardan keyingi yuqoridagi shayx Axmad Attoyyibning yangi saylovlarni tezlatish xaqidagi gapiga e’tibor bering.

Payg’ambarimiz SAV “musulmon odam, bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi” degan muborak xadislarini o’qimaganmikin. Qachongacha qayta qayta chaqilaveramiz. Axir bu odam kufr asosidagi xayotga chaqiryaptiku.

Oxirgi kunlardagi Mursiyning bayonotlariga e’tibor bering, o’zini ochiq demokrat deb e’lon qildi. Bu keltirilgan kufr kalimasi ham uni qutqarib qololmadi. Lekin u bu gaplarni o’zini va yaqinlarini jonini saqlab qolish uchun aytdi. Muborakni saqlab qolgan AQSh, uning taqdirini ham echa olishiga u qattiq ishonadi.

Mamlakat taqdiri Mursiyni deyarli qiziqtirgan emas, xuddi Karzay singari u ham xokimiyatga majburlanganlardan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.