Suriya inqilobi o’z domiga tortayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda.

407
0

0

Livanning janubidagi Sayda shaxrida harbiylar bilan sunniy-imom shayx Ahmad al-Asirning qurollangan tarafdolari o’rtasida to’qnashuvlar to’xtamayapti. Bayrutdan 40 chaqirim masofada bo’lgan va Livanning janubiy poytaxti xisoblangan bu shaxarga armiya bo’linmalari tashlangan. Shiddatli otishmalar shaxar chetidagi Abra aholi punktida va Taamir rayonidagi Ayn al-Hilva falastinlik qochqinlar lageri yonida ketmoqda. U erda Al-Asir mujohidlariga «Jund ash-Shom» va «Fath al-Islom» tashkilotlari vakillari ham qo’shilgan.

Shayx al-Asir suriyalik inqilobchilarni qo’llab quvvatlayotgan mahalliy salafiylarning eng jangari sardolaridan biri. O’tgan xaftada u, Asad rejimi tarafida turib janglar qilayotgan «Xizbulloh» shiya guruhiga qarshi urush boshlashligi bilan tahdid qilgan edi. Yakshanba kuni al-Asir sunniylarga darhol Livan qurolli kuchlari safini tark etish hamda Asadni qo’llab quvvatlayotgan Eron va uning sheriklariga xizmat qilayotgan armiyaga qarshi «Jihodga» qo’shilish talabi bilan murojaat qilgan.

Al-Asir tarafdorlari Bayrut, Tripoli shaxarlarida va Saadnayl, Talabaya, Kub-Ilyos aholi punktlari va Majdol-Anjar vodiysida ham ko’tarilganlar. Ular poytaxtning Verdan markaziy ko’chasini va aeroportga olib boruvchi yo’lni to’sib qo’yishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.