Doxadagi AQSh «Tolibon» uchrashuvi qoldirildi.

466
0

000

Qatar poytaxti Doxada 20 iyun kuni o’tishi kutilayotgan afg’on muammosini tinchlik yo’li bilan hal qilish xususidagi AQSh va «Tolibon» uchrashuvi noaniq muxlatga qoldirildi.

Arafada AQSh davlat departamentida Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakil Djeyms Dobbinsning Qatarga safari qoldirilganligini haqida bayon qilindi.

Muzokaralar boshlanishining to’xtatilib turilishi Afg’oniston prezidenti Homid Karzayning norozilik bayonotiga bog’liq. U, toki tinchlik muzokaralarini afg’onistonliklarning o’zlari boshqarmagunlaricha, afg’on hukumati bu muzokaralarga qo’shilmasligini bayon qilgan. “Muzokaralar, qachonki ularda faqat afg’oniston tarafigina qatnashmaguncha va mamlakatdagi zo’rovonliklarga nuqta qo’yilmaguncha, boshlanishi mumkin emas”, – takidladi u.

Turkiston:

Karzay bu xarakat “Afg’oniston islom amirligi” deb nomlanishiga qarshi chiqqanini va bu nom bilan olib boriladigan muzokaralar, uni dunyo xamjamiyati tomonidan shu nomda tan olinishini anglatadi dedi.

Buning bilan u, o’ziga beetibor bo’lib borayotgan jazmanini e’tiborini biroz tortib qo’yishga muvaqqat bo’ldi. Darxaqiqat AQSh Afg’onistondagi vaziyatni o’nglashda, Tolibon bilan muzokaralar uyushtirish yo’lida, Karzayga xuddi keraksiz matodek munosabatda bo’lib qoldi. Uni muzokaralarda ishtirok etishi ham talab qilinmayotgani, ilgariroq Toliblar tomonidan u bilan talab qilingan muzokaralarning barchasi inkor etilgani, 2014 yildan keyin Toliblarga hokimiyat karshiliksiz o’tkazib beriladigandek tuyula boshlandi.

Karzay xali ularning manfaatlari uchun xizmat qilishga yaroqli ekanini va o’ziga tashlandiq ko’ppakdek muomila qilishga xali erta ekanligini eslatdi. Bu ilgari inkor qilgan AQShning unga qilgan Tolibonga qarshi Asad singari turib berishga xarakat qilish taklifiga rozi bo’lgandek javob bo’ldi. AQSh uning imkoniyatlariga ishonarmikin, muammo shu erda. Nima bo’lganida ham bu chiqish Toliblar bilan kelisha olmasa, zaxiradagi uslub bo’lib qoladi.

Ilgari Afg’onistonda 9 ta NATO bazasi qolishi xaqidagi gaplar ham, urushda bu ikki tomonni qurol bilan ta’minlab turishni maqsad qiladi.

Toliblar bilan muzokaralar xam urushni to’xtatish uchun emas, balki uni ham ma’lum bir tomondan o’ziga bog’lash va uning g’azabini Karzaychilarga qaratib, o’zi chetda xar ikki tomonning yashirin xomiysi bo’lib olish. Xuddi Siriyada davom ettirayotgan pozitsiyasidek.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.