Avval prezident so’ng bolalar tarbiyachisi

378
0

images (25)

Hokimiyatdan yiqitilgandan buyon Belorusiyada yashab kelayotgan va ikki yarim yildirki siyosat maydonidan uzoqlashib qolgan Qirg’izistonning sobiq prezidenti Qurbonbek Bakiev siyosatni tark etganligini va hozirda ayollar qiladigan ish bilan shug’ullanayotganligini hamda hozircha vataniga qaytish niyati yo’qligini bildirdi.

“Shuni aytib qo’yishim kerak, mana ikki yarim yildan buyon hech kimga, hech qanday intervyu bermadim. Buning sababi men siyosatdan ketdim. Qaytish niyatim xam yo’q. Hozirda bolalarim va nevalarimning tarbiyasi hamda avval qo’lim tegmagan ishlar bilan ovoraman”, dedi Bakiev “Interfaks-Zapad” agenttigiga.

Alloh Taolo farzand tarbiyasini ayollar zimmasiga yuklagan. Shunday bo’lsada Sobiq prezident bu ishga uzi bel bog’laganligini bildirdi. Balki bunga avvalgi farzandlarining tarbiyasidan ko’nli to’lmaganligi sabab bo’lgandir yoki ayolining bunga vaqti yo’qdir, buyog’i bizga qorong’u.

Haqiqiy siyosatchi siyosatni tark eta olmaydi. Bakiev “men siyosatdan ketdim”, deganda “endi men mustamlakachi davlatlar aytgan ishlarni bajarib bermayman. Bu ishlarni qilish boshqalarga tushadi”, degan ma’noni nazarda tutgan bo’lishi mumkin.

Chunki Sobiq prezident siyosat maydonida yurgan paytda xuddi xozirgilar kabi, katta davlatlar izmidan bir qadam ham chetga chiqmagani hech kimga sir emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.