468
0

original

Ukraina poytaxti Kievda bir necha ming ixtiyorlilar «Rus-ukrain ixtiyorlilar korpusi» safiga yozilib olishdi. Mazkur korpus islom mujohidlariga qarshi jang qilgani Suriyaga jo’nab ketadi. Bu haqda ixtiyorlilar korpusi tashkil qilish tashabbuskori ukrain josuslik xizmati veterani podpolkovnik Sergey Razumovskiy bayonot berdi.

Uning so’zlariga ko’ra, arafada ommaviy axborot vositalarida chop etilgan ko’ngillilar otryadiga qo’shilishlik haqidagi chaqiriq katta muvaffaqiyatga ega bo’lgan. “Bizlarda bamisoli bo’ron. Barcha elektron vositalarimiz Korpusga yozilishni xohlagan ixtiyorlilar murojaatlari bilan to’lib toshgan. Asosan Rossiyadan, Belarussiyadan va hattoki Moldaviyadan ham”, – belgiladi u.

“Rasmiy hukumatdan hech qanday munosabat bildirilmadi. Ukrain hukumatiga bari bir”, – dedi veteran.

“Suriyaga borishlik uchun yozilayotgan ko’ngillilar misoli qachonlardir turk zulmidan xalos qilgani Rossiya Imperiyasining Bolgariyada kurashda ishtirok etganiga o’xshaydi, – taqqosladi Razumovskiy. – O’shanda Bolgariyani turklar qonga botirayotganda Rossiyaning barcha taraflaridan ko’ngillilar kela boshladi. Bu odamlar jangchilarga beriladigan emish uchun, medallar uchun, mukofotlar uchun kelishgan emas, pravoslav dinini himoya qilish uchun oyoqqa turgan edi”.

“Rus va ukrain tinchlik posponlari Yaqin Sharqda yuz berayotgan to’s-to’palonda hal qiluvchi rolni o’ynab berishlari mumkin”, – qo’shib qo’ydi podpolkovnik.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.