“Rangsiz” loihalar

519
0

highres_00000402117883.jpg.1000x297x1

2014 yili AQSh bazasini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida baland ovoz bilan olamga e’lon qilayotgan Qirg’iziston hukumati, NATO yuk mashinalari bir yildan buyon mamlakat bo’ylab, hech qanday ruxsatnomasiz nimalarnidir tashib yurganligi haqida ta’jub ila xabar topdi.

Umuman olganda, O’rta Osiyoning barcha mamlakatlarida natoliklar yuklari harakatlari kundan kunga ortib bormoqda. Qirg’iziston ham bundan mustasno emas. Mamlakatda bu borada shu kunlarda katta shov-shuv bo’ldi. Aniqlanishicha, NATO harbiy yuklari mamlakat orqali deyarli bir yildan buyon tashib o’tilayotgan ekan. Ommaviy jamoatchilik esa bu haqda kelishim Qirg’iziston parlamentida tasdiqlanganidan keyingina xabar topdi. Harbiy yuklar tashilib o’tilayotgani haqida hech kim bilmagan, hatto, mamlakat yuqori rahbariyatidagilar ham. “NATO yuklari tashilib o’tilayotganligi haqidagi ma’lumot menga kechagina etib keldi, — dedi bosh ministr Jonto’ra Sotiboldiev. – Bunday narsa bo’lishi aslo mumkin emas”. Mazkur yangilik muallifi esa Qirg’iziston transportlar ministri Qaliqbek Sultanov bo’ldi. ”Qirg’iziston hududi orqali NATO yuklarini tashib o’tishlik ko’pdan beri amalga oshmoqda”, — dedi u.

NATOning yana qaysidir loihalarining Qirg’izistonda amalga oshishligi haqida faqat gumon qilishlik yoki eng fantastik tahminlar qurishlik mumkin, xalos: aftidan, 2014 yilda MANAS aeroportidan amerika bazasini chiqarib yuborishlik haqida baland ovozda e’lon qilgan mamlakat rahbariyati o’z hududida bo’layotgan ishlarni nazorat qilishlikka holi yo’q.

“Qirg’iziston rahbariyatidagi ko’pchilikka bunday vaziyat juda qo’l keladi, — deb xisoblaydi harbiy ekspert To’qtag’ul Kakchekeev. – Bu erdagi ministrlarning yarmidan ko’pi biznesmenlar va “rangsiz” loihalar ular uchun kirimlar manbayidir. NATO yuklari tranzitidan kelib tushayotgan mablag’ning katta qismi ularning kissalarida o’tirib qoladi. Bunday tajriba Akaev vaqtidayoq boshlangan edi va bugungi kungacha davom etib kelmoqda”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.