Rossiya, Xitoy va Uzbekistonning gaz sohasidagi hamkorligi

405
0

Rossiyaning “Lukoyl”, Xitoyning “SNPC” va O’zbekistonning “O’zbekneftegaz” kompaniyalari Buxoro viloyatidagi gaz kondentsati konlarini o’zlashtirishda ishtirok etadi. “Lukoyl”, “SNPC” va “O’zbekneftegaz” may oyi yakuniga qadar Buxoro Xiva mintaqasidagi Qorako’l investitsiyaviy blogida joylashgan “Xojasayyod”, “Xojadavlat” va “Sharqiy olot” gaz konlarini o’zlashtirish haqida kelishuv imzolashlari kutilmoqda. Uch kompaniya ishtirokida texnik guruh tashkil qilingan bo’lib, may oyi yakunigacha loyihaning texnik iqtisodiy asoslantirilishini tayyorlash rejalashtirilgan.

Eslatma: 2012 yil iyun oyida Xitoy “SNPC” kompaniyasining neft-gaz o’zlashtirish va qiduruv o’tkazish Xitoy milliy korparatsiyasi va O’zbekstonning “O’zbekneftegaz” kompaniyasi Qorako’l investitsiyaviy mintaqasida loyiha qiymati 650 mln. dollar va yillik 1.5 mlrd kubometr gaz qazib chiqarishga qodir qo’shma korxona tashkil etish haqida kelishuvni imzolagan edilar.

Ayn damda 1 apreldan boshlab O’zbekistonda aholi tomonidan iste’mol qilinayotgan tabiiy gaz uchun yangi tariflar kuchga kirshi xabar qilinmoqda. Tabiiy gazning yangi tariflari moliya vazirligi tomonidan 15 mart kuni tasdiqlanganligi «Gazeta.uz» tomonidan xabar qilindi. Tariflar reestri «O’zbekneftegaz» kompaniyasi saytiga joylashtirilgan.

Kelasi oydan e’tiboran, tabiiy gazning 1 kubometri, hozirgi 122,85 so’mdan 139,8 so’mgacha yoki 14 foizgacha qimmatlashadi. Hisoblagich bo’lmagan xonadonlarda, ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun foydalaniladigan 10 kubometr gaz 2418,55 so’mga baholanadi. Isitish tizimi uchun foydalaniladigan tabiiy gazning 10 kubometri esa 985,6 so’mdan 1121,6 so’mgacha qimmatlashadi.
Turkiston:
Musulmonlarning Gaz, neft va shunga o’xshash qazilma boyliklarini talon-toroj qilish kofirlarning asosiy g’oyalaridan biri ekanligiga hech kimga sir emas.

Aslida bu narsalar ummatning umumiy boyliklari hisoblanib, uni biror shaxs ham, yoki davlat ham o’ziniki qilib olishi yoki boshqa davlatlarga arzon garovga sotib yuborishi mumkin emas. Ammo hozirgi davrga kelib umumiy boyliklarga hokimiyatni egallab turgan guruh davlat nomidan ularga egalik qilib, o’zi xohlaganday ishlatmoqda. Bu boyliklardan jamiyatga hech bir naf tegmaydi.

Yerlarimiz Neft va gazga boy bo’la turib, u xalqqa to’liq etkazib berilmaydi, hatto qishning sovuq kunlarida ham to’xtovsiz o’chiriladi. Odamlar, ayniqsa yosh bolalar va qariyalar sovuqdan zor qaqshab, sham hidlab yashashga, bu ham etmagandek, bundan bu yog’iga o’zidan chiqadigan gazga yanada ko’proq pul to’lab yashashga majbur. Bu esa xuddi sahroda elkasida suv yuklangan bo’la turib, tashnalikdan o’lar holatga kelgan tuyaning ahvoliga o’xshaydi. Agar kimdir noroziligini izhor qilsa demak u xalq manfaatlarini ko’ra olmaydigan xalq dushmaniga aylanadi. Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.