Rossiya horijga FSB xodimlarini doimiy qolish asosida safarbar qilmoqda.

400
0

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Gosdumaga “Xavfsizlikning federal hizmati haqidagi” Federal qonunining 13 bandiga o’zgartuv kiritish hususida” qonun loihasini sunush qildi. Bu haqda Kremlning matbuot hizmati ma’lum qiladi.

Prezident farmoyishi bilan Xavfsizlikning Federal Hizmati (FSB) direktori o’rinbosari Yuriy Gorbunov Federal Majlis palatalarida qonun loihasini ko’rib chiqish ishlarida mamlakat rahbarining rasmiy vakili qilib tayinlandi.

Mazkur loiha FSB idoralariga xavfsizlik mahkamasining maslahatchi va mutahassislarini horijiy mamlakatlarga doimiy qolish asosida safarbar qilish huquqi berilishligi zaruriyati tufayli tayyorlandi. Bu mutahassislar xalqaro miqyosdagi jinoyatlarga qarshi kurash samarasini oshirish uchun u erda muxtor qolib, shu mamlakatlarning mahsus hizmatlari yoki huquq himoya qilish idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradilar.

Rossiya FSBsida Abxaziya Respublikasi, Janubiy Osetiya Respublikasi hamda Qirg’iziston Respublikasi mahsus hizmatlari va huquq himoya qilish idoralari bilan hamkorlik qilish haqida kelishuvlvr tuzilgan. Kelajakda boshqa horijiy mamlakatlar bilan ham mana shunday kelishuvlar tuzishlik rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.