O’IH a’zolarining nufuzi oshmoqdami?

429
0

Aljazira axborot agentligining xabar qilishicha, Afg’onistonning Tahor viloyatida O’zbekiston Islomiy Harakati faollashmoqda.

Afg’oniston shimolidagi “Pomir-303” politsiya bo’limining boshlig’i general Baba Jan Al Jazira telekanali muxbiri bilan suhbatda “O’IH so’nggi uch yil ichida shimolda ancha kuchaydi”, – deya ta’kidladi.

Pushtuzabon xabar manbalaridan biri bo’lgan “Tond” nashri ham Afg’oniston shimolida joylashgan Taxor viloyatida O’zbekiston Islom harakatiga a’zo bo’lgan jangarilarning soni oshganligini xabar qildi.

O’zbekiston Islomiy Harakati saflarida hozir qancha a’zo borligi ma’lum emas. Pokistondagi ayrim tahlilchilar esa so’nggi yillarda O’zbekiston Islomiy Harakati a’zolarining soni yanada ortayotganini aytishadi. Ayni paytda afg’on harbiy qo’mondonligi mazkur mintaqada O’IH janggarilariga qarshi amaliyotlarni kuchaytirganliklarini aytishmoqda. Longvor xabar manbasining bildirishicha, o’tgan yilning avvalgi uch oyida Afg’oniston shimoliy-sharqida o’zbek jangarilarga qarshi uchta amaliyot o’tkazilgan.

Al Jaziraga inrervyu bergan 209-harbiy korpus qo’mondoni general Zalmay Vasoga ko’ra, so’nggi uch oy ichida O’IHga qarshi amaliyotlar ko’lami ikki baravar ortgan.

Britaniyadagi Jane’s tahlil markazi ushbu hafta chiqargan hisobotida NATO etakchiligidani xalqaro kuchlar 2014 yilda Afg’onistonni tark etganlaridan so’ng Markaziy Osiyoda xavfsizlik vaziyati bilan bog’liq xavotirlar yanada kuchayishini bashorat qiladi.

Guruh tahlilchilariga ko’ra, xavfsizlik kuchlari zaif va etarli tayyorgarlikdan o’tmagan Markaziy Osiyo davlatlari yaqin yillarda jiddiy tahdidlar bilan yuzma-yuz kelishlari xavfi bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.