Obama Erdog’an bilan Netanyahuni yarashtirib qo’ydi

352
0

Isroil bosh vazir Benyamin Netanyahu 2010 yil G’azo ahliga insonparvatlik yordamini olib borayotgan “Moviy Marmara” kemasiga Isroil harbiylari tomonidan qilingan qonli hujum uchun Turkiyadan rasman uzr so’rab diplomatik aloqalar qayta tiklanishini e’lon qildi.

Isroilga safar qilgan AQSh rahbari Barak Obamaning vositachiligi bilan amalga oshgan telefon so’zlashuvda Netanyaxu Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’andan Isroil xarbiylari o’tkazgan reydda qon to’kilgani uchun uzr so’ragan. Bayonotda aytilishicha, yaqin orada ikkala davlatning elchilari o’z lavozimini qayta egallaydi.

Turkiya bosh vazir idorasi tarqatgan bayonotga ko’ra, Turkiya bir necha shartlarga ko’ra uzrni qabul qiladi. Avvalambor Isroil Turkiya xalqidan uzr so’rashi va o’lganlar oilalariga kompensatsiya to’lashi lozim.

G’azo sektoriga gumanitar yordam olib kelayotgan “Moviy Marmara” kemasida to’qqiz turk faoli hayotdan ko’z yumgan edi.

Yaxud davlati o’lganlar oilalariga kompensatsiya to’lashga rozi ekanligini bildirmoqda.

“Isroil G’azoga noharbiy mahsulotlar olib kirishni taqiqlovchi choralarni bekor qilgan. Bu ham aloqalarni qayta tiklash uchun Turkiya qo’ygan shartlardan biridir”, – deyiladi bayonotda.

Aljazira vakilining aytishicha Turkiya uzrni qabul qilgan va Isroildan kutgan narsasiga erishgan.

Tomonlar Falastindagi gumanitar ahvolni yaxshilashga kelishib olgan.

AQSh rasmiylarining aytishicha, Netanyaxu va Erdog’an o’rtasidagi telefon suhbat o’zaro aloqalarni normallashtirish tomon qo’yilgan ilk qadamdir. Xar ikki davlat ham AQShning regiondagi eng yaqin ittifoqchilaridan xisoblanadi.

“AQSh Isroil va Turkiya bilan munosabatlarini qadrlaydi. O’rtada aloqalar tiklanishi mintaqada tinchlik va xavfsizlik uchun xizmat qiladi”, – deydi prezident Obama.
Turkiston:
Aslida, agar bular xaqiqatda do’st bo’lishgan bo’lishsa, Erdug’onga emas, Natanyaxuga ko’proq achinish kerak.

Chunki bazi bir g’oyriddin dushmanlar bo’ladi, ular shundek qattiq dushmanlik qiladiki, ular qattiq yomon ko’riladi. Lekin ularning o’z kufrlariga bo’lgan sadoqat va matonatlari, ularga bo’lgan nafratni zaiflashtiradi.

Shunday dindosh do’st bo’lishi lozim bo’lgan insonlar bo’ladiki, ularni birodar tutishimiz kerak bo’lgani bilan, ularning o’z dinlarini xor qilib, kufrga zaif oyog’ osti bo’layotganini ko’rib, ularga nisbatan nafrat toboro ortib boraveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.