NATO kuchlari Suriyada harbiy amaliyotlarga tayyor.

346
0

Agar zarurat tug’ilib qolsa, NATO qo’shinlari Suriyada Liviya namunasi asosida harbiy operatsiya o’tkazishga tayyordir, deb bayonot berdi NATOning Yevropadagi birikkan qurolli kuchlari qo’mondoni Djeyms Stavridis.

“Barchamizga ma’lum: Suriyada vaziyat tobora yomonlashib bormoqda. 70 ming kishi o’ldirilgan, million qochqin mamlakatni tashlab chiqib ketishga majbur bo’lgan, tahminan 2,5 million odam o’z turar joylarini tashlab ketishgan. Shafqatsiz fuqarolar urushining keti ko’rinmaydi, hali. Shu bois NATO Liviya vaziyatida qanday harakat qilgan bo’lsa, Suriyaga nisbatan ham shu pozitsiyani egalladi”, – dedi Stavridis AQSh kongressida nutq so’zlayotib.

U Liviyadagi harbiy operatsiya BMT Xavfsizlik Kengashining qarori, mintaqaviy kelishuv va alyansning 28 a’zo-mamlakati o’zaro kelishuvidan so’ng amalga oshganligini eslatib ketdi.

“NATO xozir Suriya bilan bo’lgan chegaralarni himoya qilishga mujassamlangan. Biz buning uchun u erlarga Patriot raketalarini joylashtirdik. Biz ehtimoldagi harbiy amaliyotlarning keng ko’lamdagi variantlarini qarab chiqmoqdamiz va Liviyadagi bo’lgani kabi, vaziyatga aralashishlik haqida qaror qabul qilinsa harakatni boshlashlikka tayyormiz”, – takidladi qo’mondon.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.