NATO generali Afg’oniston prezidentini nafrat qo’zg’atishlikda aybladi.

415
0

Afg’onistondagi NATO qo’shinlarining qo’mondoni general Djozef Danford prezident Hamid Karzayni horij harbiylariga qarshi nafrat qo’zg’atishlikda aybladi. Generalning so’zlariga ko’ra, NATO bilan Tolibon harakatining “o’zaro hamkorligi” haqidagi Karzayning oxirgi bayonoti uning qo’l ostidagi askar va zobitlarni asossiz xatarga ro’baro qilmoqda.

General Afg’onistondagi NATO bo’linmalari boshliqlariga Karzayni tanqid qilgan hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish farmoni berilgan xatlar jo’natgan. “Karzayning bu bayonoti bizning harbiylarimizga hujumni fitnalantirishi, shuningdek ularning xayotini xavf ostiga qo’yishi mumkin”, – deb yozgan qo’l ostidagilariga Danford. Mazkur xatga nisbatan Afg’oniston hukumatidagilarning munosabati haqida xozircha hech narsa aytilmaydi.

Bu tanbexlar Karzayning telekanal orqali bergan oxirgi bayonotiga Danfordning javobi tariqasida bo’ldi. Bayonotda Karzay, o’tgan yaqin kunlarda Afg’onistonda ro’yobga oshirilgan terroristik amaliyotlar AQSh va “Tolibon” harakatining manfaatlariga hizmat qiladi, deb ma’lum qilgan, yozadi The New York Times. Mamlakat rahbarining fikricha, amerikaliklar ham, islomchi kuchlar ham mamlakat aholisini 2014 yilda horij qo’shinlari chiqib ketgach, Afg’onistonda vaziyat keskinlashishligiga ishondirishga harakat qilmoqdalar.

Shu narsani qo’shimcha qilish kerakki, oxirgi oylarda Karzay va AQSh o’rtasidagi munosabat sezilarli darajada sovuqlashib qolgan, chunki afg’on prezidenti amerikaliklarga, agar ular qandaydir bir masalada uning fikrini e’tiborga olmasalar, bir tomonlama amaliyotlar qilish bilan tahdid qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.