Ishsizlik yanada avj olmoqda

357
0

Yevropa ittifoqi ma’lum qilgan statistikaga ko’ra, ishsizlik darajasa yangi ko’rsatgichlarga etgan. Yevrostat agentligi bergan ma’lumotga qaraganda evro pul birligi ishlatadigan 17 o’lkada hozirgi kunda 19, 2 million kishi ishsiz. Mart oyida bu ishsizlikning darajasi 12, 1 foizga o’sgan.

Gretsiya ishsizlarining soni bo’yicha birinchi o’rinda turipdi. U erda ishsizlik 27, 2% itdi. Undan keyingi o’rinni Ispaniya egallagan. Unda ishsizlarning nisbati – 26, 7% tashkil qiladi.

Gretsiya Hukumati mamlakatning tashqi qarzini kamaytirish uchun 2014 yilning ohiriga qadar davlat sektorida yana 15 ming ishchi o’rini qisqartirishni rejalamoqda. Ishsizlarning 60 foizi yoshlardir.

O’tgan hafta ishsizlik darajasining o’sishiga qarshi Ispaniya poytaxti Madrid markazida o’tgan ommaviy norozilik namoyishida ishtirok etgan 45 kishi, jumladan, balog’atga etmagan 9 bola qo’lga olingan edi.

O’n minglab odamlar Madriddagi parlament binosi oldida soliqlarning ko’paytirilishi, ijtimoiy to’lovlarning ozaytirilishi va ishsizlik darajasining o’sishiga qarshi o’tkazgan namoyish tartibsizliklarga aylanib ketgan. O’nlab odamlar buning ortidan jarohatlangan.

Ispaniyada aksilhukumat namoyishlari muntazam tarzda bir necha oydan beri o’tkazib kelinmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.