Hizbut Tahrirning Falastindagi matbuot bo’limi

362
0

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

9 robiul-avval 1434h

21 yanvar 2013m

Matbuot bayonoti

Hizbut Tahrir – Falastin ma’muriyat xavfsizlik idorasining zo’ravonligiga qarshi e’lon qilgan Ramalloh va Tulkarmdagi norozilik turishlari muvaffaqiyatli o’tdi

Hizbut Tahrir – Falastin 2013 yil 21 yanvar dushanba kuni o’z a’zolaridan biri, universitet talabasi Muhron Azmiyning xavfsizlik idorasi tomonidan qiynoq va qattiq kaltaklashga uchraganiga qarshi va xavfsizlik idorasining universitetlar talabalariga va odamlar ommasiga qilayotgan zo’ravonligiga qarshi Tulkarmda ikki norozilik turishini uyushtirdi.

Hizb Ramallohdagi qonun chiqaruvchi majlis oldida turish o’tkazishini e’lon qilgan edi, ikkinchi turish esa Tulkarmdagi muhofaza binosi oldida o’tkazildi. Bu turishlar profilaktik xavfsizlik idorasi Hizbut Tahrir a’zosi Muhron Azmiyni 2013 yil 13 yanvarda ko’chadan o’g’irlab ketib to’rt kun hibsda ushlab turganidan keyin o’tkazildi, hibsda ushlab turish paytida Muhron qiynoqqa solingan va qattiq kaltaklangan, uning tanasining ko’p qismida kaltak izlari yaqqol ko’rinib turibdi. Beshinchi kuni uni xavfsizlik apparatiga topshirishgan, xavfsizlik apparati uni o’sha kuni kechki paytda qo’yib yuborgan.

O’g’irlab ketish sababi, qiynoqqa solish, qattiq kaltaklash, hibsda ushlab turish muddati, bu muddatdagi muomala kayfiyati, bularning barchasi Tulkarmdagi profilaktik xavfsizlik idorasi va uning g’alamislarining yolg’onchiligini ochiq isbotlab turibdi. Bu idora axborot vositalariga yuborgan izoh berish bayonoti uning bu jinoyat qatoriga yolg’on va soxtalashtirishdan iborat boshqa jinoyatlarni ham qo’shdi. Shuning uchun aytgan bu uzri qilgan gunohidan ham qabihroq bo’ldi.

Falastin texnologiya universitetidagi «Hizbut Tahrir yoshlari talabalar doirasi» va’y uyushmasi tomonidan 2012 yil 1 dekabrda chiqarilib tarqatilgan bayonotdan Falastinning BMTga a’zo bo’lishi xususidagi siyosiy qarash o’rin olgan bo’lib, unda Abbosning shaxsiga nisbatan hech qanday gij-gijlash va yomon otliq qilish yo’q edi, aksincha bayonotda Abbosning ismi ham yo’q edi. Lekin ma’muriyat bu siyosiy muhosabani, o’zining jinoyatlari qoralanganini va o’zining nosog’lom yo’nalishlari fosh etilganini o’zining boshlig’i shaxsiga qarshi qilingan shaxsiy hujum deb bilgan ko’rinadi. Biz matbuot bo’limimiz saytida nashr qilingan mazkur bayonotni axborot vositalariga ilova tarzida yuboryapmiz, axborot vositalari xavfsizlik idorasi bayonotini nashr qilganidek bu bayonotni ham haqiqatni aniqlash maqsadida nashr qiladi, degan umidda uni yuboryapmiz.

Bayonot berish degan hujjat bilan bu yigitni ko’chadan o’g’irlab ketishga xavfsizlik idorasining qanday haqqi bor? Bunday xatti?harakat ma’muriyat tutayotgan siyosiy yo’nalishga xizmat qilish uchun universitetlarga, ularning talabalariga va uyushmalariga aralashish emasmi axir? Qolaversa va’y uyushmasining talabalar kengashi doirasida yo’qligi uni ra’y bildirish, siyosiy muhosaba va Islom da’vatini ko’tarib chiqish huquqidan mahrum qiladimi axir?! Yoki siyosiy ish olib borish ma’muriyatning rozilik berishiga bog’liqmi? U holda bu juda g’alati ishdir.

Profilaktik xavfsizlik idorasi ma’muriyatning siyosiy ra’y bildirgani uchun qamoqqa olishni va prokuratura tomonidan beriladigan ordersiz qamoqqa olishni man qiladigan qonuniga xilof ish tutganini qanday oqlar ekan. Bu idora o’sha qonunga xilof ish tutibgina qolmay, balki bu yigitni ko’chadan vahshiyona tarzda o’g’irlab ketib uni shu idora qarorgohiga olib borish chog’ida kaltaklagan va haqoratlarni yog’dirgan, shundan keyin uni to’rt kun davomida hibsda ushlab turib qiynoqqa solgan va kaltaklagan. Buni biron oqil qiladimi yoki bu universitetlar talabalariga va odamlar ommasiga qarshi zo’ravonlikmi. Ular qanday ham yomon ish qilmoqdalar?a.

Hizb xavfsizlik idorasi va uning g’alamislari amalga oshirayotgan terror Hizb va uning yigitlari qat’iyatini susaytira olmasligini bir necha bor, qayta?qayta e’lon qilgan edi. Aksincha bunday xatti?harakat Hizbning kuchini va da’vatni qattiq turib ko’tarib chiqishini yanada oshiradi xolos. Hizb Alloh va Rosuli Aning Xalifalik tiklanishi haqidagi va’dasi ro’yobga chiqishi uchun qattiq turib ish olib boraveradi. Xalifalik yaqinda adolatni keng yoyib bashariyatni zolim nizomlar olib kelgan tang hayotdan qutqaradi. Bu esa Allohga aslo qiyin emas.

 

«Mo’min va mo’minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo’hton va ochiq gunohni o’z ustlariga olibdilar» [Ahzob 58]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.