HADISI ShARIF SUHBATIDA

520
0

Anas ibn molik rivoyat qiladiki, Rasululloh ( bunday dedilar: “Kimning tashvishi oxirat bo’lsa, Alloh uning qalbini boybehojat qilib qo’yadi, ishlarini jamul¬ jam qilib beradi, dunyo bo’ysundirilgan holda unga kelaveradi. Kimnin gtashvishi dunyo bo’lsa, Alloh uning ko’zlariga faqat qashshoqlikni ko’rsatib qo’yadi, ishlarini tarqoq qilib qo’yadi va dunyodan unga o’lchanganidan boshqasi kelmaydi”. Bu hadis “TuhfatulAhvaziy” da “JomiutTermiziy” sharhi bilan kelgan. Hadisdagi ” degani – maqsadi, niyati, deganidir. “Mushkot”da Kimning niyati oxiratni talab qilish bo’lsa”, deyilgan.Alloh uning qalbini boybehojat qilib qo’yadi”, degani – toki ko’p narsani talab qilib qiynalmasin uchun berilganiga qanoatlangan qilib qo’yadi, deganni anglatadi. ishlarini jamuljam qilib beradi”, degani – uning o’zi ham sezmaydigan tarzda sabablarini muhayyo qilish bilan tarqoq ishlarini yig’ib, xotirini jam qilib qo’yadi, deganni anglatadi.dunyo unga kelaveradi”, degani dunyodan unga o’lchanib, taqsimlangani keladi, deganni anglatadi.  dunyo bo’ysundirilgan holda”, degani – dunyo unga haqir holda, bo’ysundirilib beriladi, uni talab qilishda ko’p say¬ harakatga muhtoj bo’lmaydi, balki dunyoning va dunyoparastlarning ixtiyorisiz, dunyo unga oson va qulay holda kelaveradi, demakdir.Kimning tashvishi dunyo bo’lsa”, degani “Mushkot”da  Kimning niyati oxiratni talab qilish bo’lsa”, deb kelgan Alloh uning ko’zlariga faqat qashshoqlikni ko’rsatib qo’yadi”, degani – bir narsani paydo qilishga bo’lgan muhtojlikni uning ko’z o’ngida xuddi baxtsiz narsaga o’xshatib qo’yadi, deganidir. “ishlarini tarqoq qilib qo’yadi”, degani – jamuljam ishlarini tarqoqqa aylantirib qo’yadi, deganidir.va dunyodan unga o’lchanganidan boshqasi kelmaydi”, degani – dunyo unga majbur qilingan holda beriladi, demakdir. Ya’ni uning va do’stlarining ixtiyorlariga qaramay, dunyodagi talab qilgan narsa unga kelmaydi. Imom Ibn Qoyyum rahimahulloh bunday dedilar: “Agar banda Allohdan o’zga tashvishi yo’q holda yotsa va tursa, Alloh Subhanahu uning elkasidagi barcha hojatlaridan forig’ qiladi hamda uni tashvishlantirayotgan narsalardan xalos qiladi. O’ziga muhabbat qilsin uchun qalbini, O’ziga itoat qilsin uchun tili va a’zolarini xoli qilib qo’yadi. Agar u dunyo tashvishi bilan yotib- tursa, Alloh uning elkasiga dunyo tashvishlarini, g’amlarini, og’irliklarini yuklab qo’yib, o’zi bilan o’zini ovora qilib qo’ydi”. Darhaqiqat, insonlar Alloh Azza va Jallaga toat¬ ibodat qilish o’rniga dunyoga muhabbat qo’yib, u bilan mashg’ul bo’lib qolgan edilar. Shunda birinketin qator oyati karimalar va hadisi shariflar keldi, jumladan, bugun zikr qilganimiz hadisi sharif ham keldi. Maqsad, unutgan narsalarimizni yodimizga solish, ichimizda undovchi quvvatni paydo qilib, qalbimizni xotirjam qilish hamda bizni dunyoni tashlash tomon, shuningdek, bizni Allohning dargohidagi bu dunyo roziligi va oxirat ne’matini umid qilib, dunyoda zohid bo’lish tomon etaklashdir. So’zimizni Alloh Taoloning ushbu kalomi ila tamomlaymiz: “Insonlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumush boyliklar, qimmatbaho otlar, chorva va ekin-tikinlardan iborat shahvatlarga muhabbat qilish ziynatlandi. Bu narsalar dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa eng go’zal qaytar joy bor” [Oli Imron, 14].

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.