Djon Kerri avvaldan e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg’onistonga keldi.

381
0

25 mart kuni AQSh davlat kotibi Djon Kerri prezident Homid Karzay bilan so’zlashuvlar o’tkazish uchun avvaldan e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg’oniston poytaxtiga keldi. Kun tartibida – ikki taraflama hamkorlik va kelasi yilda o’tadigan prezidentlikka saylovlarga tayyorgarlik.

Kerrining bu tashrifi Obama prezident bo’lib saylanganidan buyon Afg’onistonga qilgan tashriflarining oltinchisidir. Ikki mamlakat o’zaro aloqalaridagi ba’zi kelishmovchiliklarni hal qilish masalasida Qo’shma Shtatlar vakillari Kerrining Karzay bilan shaxsiy munosabatlariga tayanishadi.

Yaqinda Karzay AQShni mamlakat ichidagi vaziyatni keskinlashtirish maqsadida Tolibon bilan hamkorlik qilishlikda ayblagan. Mazkur safarida Kerrini kuzatib borgan davlat departamentining yuqori lavozimli vakillariga ko’ra, davlat kotibi Karzayga “tanbeh bermoq yoki uni yo’llab qo’ymoq” uchun kelgan emas. Tashrifdan maqsad – afg’on rahbarini shunday bayonot berishga undagan ba’zi g’azabni qo’zg’ovchi hollarni hal qilish yo’li bilan munosabatlarni o’zga mavqega chiqarish.

Bir kun avval Djon Kerri xuddi shunday, avvaldan e’lon qilinmagan tashrif bilan Iroqqa borgan. Bog’doddan u Suriyaga qurol olib o’tayotgan Eron uchoqlari uchun Iroq o’z xavo yo’llarini to’sib qo’yishligini talab qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.