BMT Suriya muxolifatini harbiy jinoyatlarda ayblamoqda.

408
0

Inson huquqlari bo’yicha BMT Kengashi tomonidan 2011 yilda tuzilgan Komissiya xaftaning boshida Suriyadagi holat haqidagi o’z xisobotining yangi talqinini taqdim qildi. Unda mutahassislar mamlakatdagi inqirozning radikallashib borayotganini belgilashgan.

Hujjat hukumat kuchlarining hamda politsiyaning inson huquqlarini qo’pol buzishliklari va insoniyatga qarshi qilayotgan jinoyatlarini takidlash bilan bir qatorda qurollangan muxolifatni harbiy jinoyatlar sodir qilayotganlikda ayblagan.

“Zo’ravonlikning kuchayib borishi hamda tashqari omillarning o’sib borayotgan aralashuvlari hukumatga qarshi qurollangan guruhlarning radikallashishligiga olib keldi”, – deyiladi hujjatda va tashqaridan kelayotgan yordam hamda ichkaridan berilayotgan madad natijasida bu guruhlarning quvvati oshib borayotganligi aytiladi.

Xisobotda «Jabxat un-Nusra» ekstremistik deb atalgan, Idlibdagi «Ahror ash-Shom» guruhi va Damashqdagi «Al-Islom» brigadalari esa “o’z saflariga radikal elementlarni jalb qilayotgan va natijada muxolifat nazdida qonuniyligi tobora oshib borayotgan” uyushmalar sifatida ko’rsatilgan.

Komissiya, mamlakat ichkarisiga kirish haqida ruxsat olmay turib, “qurollangan isyonchilar sodir etayotgan jinoyatlari” ustida samarali tekshiruvlar olib borolmasligi haqida ogoxlantirdi.

“Bugungi kunda tezlik holda bizga mamlakatga kirish huquqi zarur”, – bayon qildi Komissiya a’zosi Karla del Ponte Jenevada o’tgan matbuot anjumanida. U ilgari sobiq Yugoslaviya uchun BMT Xalqaro tribunalining bosh prokurori lavozimini egallab turgan. “Biz uchun Suriyaga kirish huquqiga ega bo’lishlik, asosan muxolifat sodir etgan jinoyatlarni tekshirishlik uchun zarur”, – dedi sobiq prokuror va “Chunki, isyonchilar qurbonlari mamlakat ichkarisida”, – deya izoxladi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.